SUG’URTA POLISI EGALARINING MULK UCHUN DAROMADLARI

SUG’URTA POLISI EGALARINING MULK UCHUN DAROMADLARI — Sug’urta kompaniyalari fuqarolarning hayotini sug’urta qiladilar. Natijada yig’ilgan mablag’lar investitsiya sifatida ishlatilib evaziga ma’lum bir daromad keltiradilar. Sug’urta kompaniyalarining bu daromadlari (aslida sug’urta qilingan fuqarolarning mablag’lari evaziga kelgani uchun va MHT qoidalariga ko’ra) uy xo’jaligi sektorining mulkdan olgan daromadi sifatida talqin qilinadi. Chunki, bu mablag’lar pirovardida sug’urta polisiga ega bo’lgan fuqarolarga sug’urta mukofoti sifatida beriladi.