SUG’URTA QOPLAMASI
SUG’URTA QOPLAMASI — mulkiy sug’urtada va sug’urtaianuvchining uchinchi shaxs oldida fuqarolik javobgarligi sug’urtasida zararni qoplash uchun sug’urta fondidan to’lanadigan pul mablag’i. Sug’urta qoplamasi sug’urta summasiga teng yoki undan kam bo’lishi mumkin. Sug’urta hodisasi ro’y berganlik holati va shakli bo’yicha adjaster yoki avariya komissarining xulosasi sug’urta kompaniyasi tomonidan sug’urta qoplamasi to’lanishida asos bo’lib xizmat qiladi.