Sulfanilamidlar

Sulfanilamidlar — sulfa- Nil kislotasining kimyoviy hosilalari, S.ning (streptosid) antibakterial xos- sasini birinchi bo’lib 1935 y. nemis Pa- tologi va mikrobiologi g. Domagk ani- Klab, amaliy tibbiyotga kiritdi. Quyidagi guruxlarga bo’linadi: qisqa muddat ta’sir etuvchi S. — streptosid, norsulfazol, etazol, sulfademizin va b.; uzoq vaqt ta’sir etuvchi S. — sulfo- dimetoksin, sulfopiridazin, sulfa- Len va b.; mahalliy qo’llaniladigan S. — sulfalennatriy va b. S.ning ta’sir mexanizmi ular tu- zilishining paraaminobenzoy kislota- siga (PABK) o’xshashligi bilan boglik. PABK ko’pgina mikroorganizmlar sintez qiladigan digidrofol kislotasi tarki- biga kiradi. Kimyoviy tuzilishining o’xshashligi hisobiga S. PABKni digi- drofol kislotasi tarkibiga kirishiga to’sqinlik qiladi. Bundan tashqari, ular digidropteroatsintetaza fermentining faolligini susaytiradi. Digidrofol kislotasi sintezining buzilishi, un- dan tetragidrofol kislotasining hosil bo’lishini kamaytiradi, natijada nu- Klein kislotalarining sintezi buzi- ladi va mikroorganizmlarning o’sishi va ko’payishi to’xtaydi, ya’ni S. bakte- riostatik ta’sir ko’rsatadi. Odam va hayvonlar to’qimalarida bunday holat yuzaga kelmaydi, chunki ular organizmida tayyor digidrofol kislotasi bo’ladi. S. tibbiyotda patogen mikroorganizm- larga qarshi vosita sifatida qo’llanadi. S. me’daichak yo’lidan yaxshi so’riladi, hamma to’qimalarga tarqaladi. Jigarda uning metabolitlari hosil bo’ladi. Or- ganizmdan buyrak orqali chiqariladi. S.ni boshqa antimikrob dori vosita- lari bilan birga qo’llash mumkin. S. uzoq vakt qo’llansa, ularga nisba- tan mikroorganizmlarga chidamlilik yuzaga keladi. Ular odam organizmi- ning har xil tizimlariga nojo’ya ta’- sir ko’rsatishi mumkin, shu bilan birga ularga qarshi allergik reaktsiyalar ham rivojlanadi. Shuning uchun S.ni faqat shifokor maslahati bilan qo’llash lozim.