SUN’IY NAFAS OLDIRISH

SUN’IY NAFAS OLDIRISH — sun’iy yo’l bilan (maxsus usullar yoki apparatlar yordamida) o’pkaga havo kiritish va chiqarish, boshqacha qilib aytganda o’pkaning havo almashtirish funktsiyasini tiklash. Mustaqil nafas olish to’xtaganda yoki buzilganda (nafas yo’llariga yot jismlar tushganda, is tek- kanda, tok urganda, kishi suvga cho’kkanda va b. hollarda) qo’llanadi. S.n.o. ekspirator usullar, qo’l appa- ratlari — respiratorlar hamda Avto- matik respiratorlar yordamida amalga oshiriladi. Ekspirator usullar apparatsiz («og’izdan og’izga», «og’izdan burunga», «og’izdan og’izga va burunga») hamda apparatli usullarga bo’linadi; appa- ratli usullarda jabrlanuvchi har xil nafas olibchiqarish naychalari, havo o’tkazgichlar, og’izburun niqoblari va b.dan foydalanadi. Silvestrbrosh usu- li ham qo’l bilan bajariladigan, ya’ni apparatsiz usulga kiradi. Ekspirator usullar, shuningdek, qo’l apparatlari — respiratorlar jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilguncha ko’rsatiladigan shoshilinch tibbiy yordamda, ko’pincha stasionar sha- roitida ham keng qo’llanadi. Ular har xil tuzilishdagi ikkita birbiriga tu- tash moslama — shlang orqali yoki bevo- Sita birlashtirilgan nafas xaltasi yoki meshi va nafas niqobidan iborat. Avtomatik respiratorlar juda ko’p sonli har xil ixcham va stasionar, jum- ladan, nafas bilan bog’liq holatlarni kompyuter orqali boshqaradigan, na- FASga olinadigan va chiqariladigan havo aralashmalarini, jabrlanuvchi qonining gaz tarkibini nazorat kilib turadigan va b. moslamalardan iborat. Qandayligidan qati nazar, hamma Avto- matik respiratorlar umumiy tuzilishga ega. Bularga 1) kislorodning berilish tezligini tartibga solib turadigan moslamasi bor kislorod manbai (kis- lorodli ballon, markazlashtirilgan kislorod gazli magistral, kislorod kontsentratori); 2) kislorodni atrofda- gi havo va zarur bo’lganda maxsus gazli aralashma bilan aralashtirib beradigan aralashtirgich; 3) xavo puflash paramet- rlarini boshqarish mexanizmlari bi- lan meshni havo yoki gazli aralashmaga to’ldirish moslamasi; 4) nafas niqobi, biriktiruvchi naycha, karbonat angidrid va anestetiklarni konturning teskari qismidagi yutgichdan iborat «nafas kon- turi» moslamasi kiradi. O’ziga xos avtomatik respirator ham mavjud. Undan injektsion printsipda havo yuborishda foydalaniladi; traxe- otomik yoki traxeostomik naycha orqali traxeyaga injektor kiritiladi va u orqali traxeyaga 1-3 ATM bosim ostida to’xtovsiz kislorod — gazli aralashma yuboriladi. Bunda havo bilan chiqayotgan aralashma o’pkadan injektor yonidan to’xtovsiz chiqib ketadi. Klinika amaliyotida S.n.o. kuyidagi xrllarda qo’llanadi: falokat, halokat, baxtsiz hodisalar, og’ir shikastlanish- larda hodisa sodir bo’lgan joyda, kasal- xonaga olib ketilayotgan vaktda va kasal- xona sharoitida; ahvoli og’ir va hayoti xavf ostida turgan bemorlarda jadal muolaja komponenti sifatida. Bunday bemorlarda mustaqil nafas olishning energetik «bahosi» organizm uchun juda yuqori bo’ladi va mustakil nafas olishni to’xtatib, apparat yordamida yordamchi yoki to’liq sun’iy nafas olishga o’tish o’pkada havo almashinish funktsiyasining almash- tirilishi hisobiga organizm axvolini engillashtiradi. Bu «reja asosidagi S.n.o.»dir; «intubasion narkoz» bilan katta operasiyalar o’tkazilganda dorilar bilan bemorni bexush qilibgina qolmay, intubasion naycha orqali mustakil na- fas olish ham to’xtatiladi. Skelet mu- skullari funktsiyasini to’xtatish Mio- plegiya yoki miorelaksasiya deb ataladi, bunday vaziyatlarda xirurgning kerakli sohada, mas, qorin bo’shlig’ida operasiya qilishini engillashtirish maqsadida nafas olishni to’xtatibgina qolmay, muskullar ham to’liq bo’shashtiriladi. Binobarin, faqat intubasion umumiy narkoz joriy qilinishining o’zi ko’krak xirurgiyasining jadal rivojlanishiga, ya’ni ko’krak bo’shlig’i a’zolarida bema- lol operasiyalar o’tkazishga imkon berdi. Bunday operasiyalarda nafas olishda, asosan, o’pkaning bir bo’lagi, operasiya qilinadigan tomondagi bo’lagi esa ozgi- na qatnashishini ta’minlaydigan Max- sus moslamalar va usullar qo’llanadi; nerv sistemasining ba’zi kasallikla- rida, ya’ni diafragmal nerv funktsiya- si to’xtaganda va bemor mustaqil nafas ololmaganda bir necha hafta, oylab va hatgo yillab S.n.o. usulini qo’llashga to’g’ri keladi. Yuqoridagi hollarda S.n.o.da o’tkaziladigan tadbirlar, qo’llanadigan usullar respirator terapiya deb ataladi. Bu fiziologiya va tibbiyotning emas, bal- ki eng zamonaviy texo’ikava texnologiya- ning ham yutug’i bo’lib, tibbiyot fani va amaliyotida eng ilgor usul xisoblanadi. Jo’ra Sobirov.