Supatog`
Supatog` — usti tekis yoki salgina urqir, yonbag`irlari kesilgandek tik tushgan yakka-yakka tog`, tepa, qir. Ustki qismini gorizontal joylashgan cho`kindi jinslar yoki lava qoplagan bo`ladi. Supatog` supasimon o`lkalarning eroziya natijasida parchalanishi, tekislangan yuzalarning tektonik yoriqlar bilan ayrim palaxsalarga bo`linishi natijasida vujudga keladi.