Surdopedagogika

Surdopedagogika (lot. Surdus kar va pedagogika) — Defektologiya tarmog’i; kar yoki zaif eshituvchi bola- larni maxsus o’qitish va tarbiyalash ma- salalarini ishlab chiqadi. S. ga kar yoki zaif eshituvchi bolalarni o’qitish naza- riyasi tarixi, kar va zaif eshituvchi bo- lalarning psixologik rivojlanish, o’quv fanlarini o’qitish, talaffuzni o’rgatish va «lab bilan o’qish», mehnatga o’rgatish, tarbiyaviy ishlar metodikalari kiradi. S. kar yoki zaif eshituvchi bolalarning rivojlanish xususiyatlarini o’rganib, maxsus o’quvtarbiya jarayoni tuzilishi- ning asoslarini, maxsus o’quvtarbiya mu- assasalarini tashkil etish tartibkrida- larini ishlab chiqadi. Fan asoslarini o’rganish bilan zaif eshituvchi bolalar- da og’zaki nutq shakllanib boradi. Zaif eshituvchilarga og’zaki nutqni o’rgatish uchun so’zlar talaffuz qilinganda nutq organlarining harakati ko’rsatiladi. Shu harakatlarga qarab zaif eshituvchi- lar tovush va so’zlarni ajratib olishga, ya’ni «labga qarab o’qishga» o’rganadi. Nutq harakatlarini takrorlashga o’rgangan zaif eshituvchilar gapirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Shuningdek, karlar maxsus o’quv alifbosi — dakti- lologiyasan foydalanib gapirishlari ham mumkin. Maxsus ta’lim sharoitida o’quvchilarda i. ch. faoliyatining malaka va ko’nikmalari g’osil qilinadi va nor- mal hayotga tayyorlanadi. S. otolaringo- logiya, akustika, logopediya, umumiy ped., tilshunoslik, psixologiya, fiziologiya bilan uzviy bog’liq. S. bo’yicha i.t.lar O’zbekistonda Toshkent ped. universite- tining Defektologiya ftida olib bori- ladi.