Surma rudalari

Surma rudalari — tarkibidagi surma sanoatda foydalanish uchun texnik tomondan qulay va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo’lgan birikma va kontsentrasiyalarda mavjud tabiiy mine- ral hosilalar. Surma Ta, Pt, Vi, Ag, In, Se elementlari kabi er po’stida kam uch- raydi. Tabiatda surmaning sulfidi — antimonit (Sb2S3) ancha keng tarqalgan, unda 71,4% surma bor. S. r. ba’zan Sb, Cu, Hg, Pb, Fe ning murakkab sulfid- lari (barterit, jemsonit, tetraedrit, livingstonit va b.), shuningdek, surma oksidlari (senarmontit, servantit, sti- bikonit va b.), oksixloridli (nadorit va b.) surma birikmalaridan iborat. Qatlamli ruda tanalarida surma mik- dori: 1 — 10%, tomirsimon ruda jin- Slarida 3-50% (o’rtacha 5-20%) eng kami 1,5— 2% ni tashkil qiladi. S.r. tog’jinslaridagi darzliklarni past trali gidrotermal eritmalar bilan to’ldirilishi hamda ularni surma mine- rallari bilan o’rin almashishidan hosil bo’ladi. S.r. sanoat konlarining asosiy massasi genetik jihatdan gidrotermal guruxning plutogenli (tarkibida surma bo’lgan polisulfid rudalar va komplek- slilar ko’p), teletermal (monometall an- timonitli rudalar) va vulkanogenli (OK- Sidli, oksixloridli rudalar) sinflari- ga mansub. S.r. konlarining ko’pchiligi teletermal genezisga ega. Sanoatda bun- Day konlarning, asosan, 2 turi slaneslar ostidagi ohaktoshlarning kremnezem va surma birikmalari bilan metasoma- tik o’rin almashishi natijasida hosil bo’lgan mustahkam katlamsimon uyum- lardagi qatlamli tana, linza, uyalar va shtokverklardan (Qadamjoy, Teraksoy, Jijikrut — O’rta Osiyo; Sikuanshan — Xitoy) hamda gidrotermal o’zgarishlarga uchragan slaneslarda tomirsimon yoki o’zaro kesishgan kvarsantimonit tar- kibli ruda tanalaridan (Razdole, sa- rilax) foydalaniladi. Ushbu tur Sr., asosan, yuqori sifatli kvarsantimonit tarkibli monometall rudalar bo’lib, bu polisulfid kompleksli rudalar ba’zan o’zida flyuorit aralashmasi va Hg, Ai, Ag, Si, Pb, Zn, W, Sn, As minerallarni mujassam kiladi. Sr. konlari, asosan, yopiq — er osti usulida qazib olinadi. Tomirli konlardagi shtufli boy ruda- lar boyitishni talab qilmaydi, bir oz kambag’alroq rudalar gravitasionflo- tasion usulida surmaning 30-55%li kontsentrasiyasini olish bilan boyiti- ladi. Tabiatda Sr. komplekspolisul- fid tarkibda uchraydigan kon turi ko’p; bular qatoriga misnikelsurmali Sad- beri (Kanada), Norilsk (Rossiya); sur- mavolframli Taoan, vosi (Xitoy); surmasimobmargimushli Haydarkon (Qirg’iziston), surmaoltinkumushli Gravelot (JAR), Sanshayn (AQSh) va b. Dunyodagi eng yirik surma konlari si- fatida Taoan, vosi, Sikuanshan (Xi- toy), Qadamjoy (Qirg’iziston), Jiji- Krut (Tojikiston), Sarilax, Razdole (Rossiya), Xammimat (Jazoir), Senator (Turkiya), Churkini (Boliviya)larni qayd qilish mumkin. O’zbekistonda esa, faqat g’arbiy hududlardagi ba’zi oltin konla- rida (Kaltasoy, Ko’kpatos) S.r. kam uch- raydi. Kushon podsholigi davrida (1-4 a.lar) Markaziy Qizilqumdagi konlar- dan qazib olib qayta ishlangan surma- ning boshqa metallar bilan krtishmala- ri ko’p ishlatilgan (yana q. Surma).