SURXON-SHEROBOD VODIYSI
SURXON-SHEROBOD VODIYSI — O’rta Osiyoning Jan.dagi tog oralig’i vodiysi. Asosan, O’zbekistonda, shim. Sharqiy qismigina Tojikistonga qaraydi. Hududining chekka qismlari ba- Land tog’lar bilan o’ralgan (Jan. bundan mustasno), o’rta qismi shim.dan Jan.ga Nishab tekislik. Vodiy tektonik harakatlar natija- sida vujudga kelgan. Alp tog’hosil bo’lishi jarayonida (neogen va to’rtlamchi davr) qad. geologik dengiz o’rnida ulkan tog’tizmalari va tog’oralig’i vodiylari paydo bo’lgan. Tog’lardan oqib tushgan daryolar o’zanlarini tobora kengaytirib va chuqurlashtirib borishi natijasi- da turli geologik davrlarga mansub tub jinslari ochila borgan, cho’kmalar esa akkumulyativ jinslar bilan tuldiril- gan. Vodiyning hoz. morfologik tuzi- lishida erning ichki (endogen) kuchlari bilan birga tashqi kuchlar — oqar suv, shamol, nurash va h.k.ning ta’siri ham katta bo’lgan. Vodiy mustaqil 2 dare vodiysi — Surxon va Sherobod vodiylaridan tash- kil topgan. Har ikkala vodiy Meridi- anal yo’nalishga ega. Surxon vodiysi birbiriga teng Qoratog va to’polon vo- diylari bilan boshlanadi. Hisor tiz- masi muzliklaridan (bal. 4000 m chama — si) boshlanadigan bu vodiylarning uz. 100 km dan ortadi. Vodiylar boshlani- shida tor bo’lib, tekislikka tomon ken- Gaya boradi. Ular Krratog’va Sarijo’y qishloklaridan keyin keng tekisliklar bo’ylab davom etib, Oqostona qishlog’i yonida (mutlaq bal. 5556 m) o’zaro tutasha- Di va Surxon vodiysi nomini oladi. Jan., janubig’arbiy yo’nalishda 196 km ga cho’zilgan Surxon vodiysi Termiz sh. yaqinida (mutlaq bal. 302 m) Amuda- ryo vodiysiga tutashib ketadi. Surxon vodiysida birbiridan yaqqol ajralib turadigan 4 tagacha allyuvial terrasa (ko’hna qayir) bor. Sherobod vodiysi Chakchar va boy- Sun tog’lari tarmoqlarining tugunidan (mutlaq bal. 3700 m) boshlanadi. Archa o’rmonlari bilan qoplangan tog’lar orasvdan quyi Mochay kishlog’igacha Jan. g’arbiy yo’nalishda davom etadi. Shero- bod vodiysi quyi tomon kengayib, AV- val Boysun tog’larini, so’ngra Sherobod Sariqamish qator tepalarini kesib o’tadi. Tog’lar orasida 175 km ga cho’zilgan bu vodiy Sherobod sh. yaqinida (mutlaq bal. 444 m) keng tekislikka aylanadi va yana 40 km ga davom etadi. S SH. v.ning tekislik qismi qariyb 200 km bo’lib, shim.dan Jan.ga tomon Pa- sayib va kengayib boradi. Vodiyning nishabi o’rta qismida 1 km da 1 m, yuqori va quyi qismlarida kamroq. Vodiyning tekislik qismi ekin maydonlariga ay- lantirilgan. S.Sh.v. o’ziga xos geografik o’rni, re- lefi va iqIimi bilan o’rta Osiyoning boshqa geografik r-nlaridan birmuncha farq qiladi. Iqlimi kontinental subtropik: qishi qisqa va iliq, yozi uzoq, issiq. Re- lefining xilmaxilligi tra rejimi va yog’inlar taqsimotiga keskin ta’sir ko’rsatadi. Vodiyning eng issiq r-nlari uning Jan. qismlarida. Yillik o’rtacha tra Sherobodda 18°, Termizda 17,4°. O’zbekistondagi eng yuqori tra ham shu erda (Termizda 49,5°) qayd qilingan. Vo- diyda yuqoriga tomon havo t-rasi orta boradi: yillik o’rtacha tra Denovda 15,6°, Boysunning tog’li qismida 14,5°. Mutlaq balandlik 1200 m dan past joylarda yanv. ning o’rtacha t-rasi 0° dan yuqori. Issiq kunlar S.Sh.v.da erta kelib uzoq davom etadi. Iyul oyining o’rtacha t-rasi tekis- lik qismida 28-32°, mutlaq bal. 2500 m dan yuqori tog’li qismlarida bu davr- da o’rtacha tra 17— 18° dan pasaymaydi. Yog’inning yil davomidagi taqsimlanishi relefga, shuningdek, nam havo massala- rining yo’nalishiga qarab turlicha. Yil- lik o’rtacha yog’in vodiyning quyi qismida 130-150 mm bo’lsa, Denovda 360 mm, Boysunda 445 mm, Sangardakda 790 mm. SSH.v.ni tog’lardan boshlanadigan dare va soylar suv bilan ta’minlaydi. Yirik daryolari: Surxondaryo (irmoqlari Qoratog’, To’polondaryo, Sangardakdaryo, Xo’jaipok) va Sheroboddaryo (irmoqdari Sho’rob, Sayrob, Maydon). Daryolarning asosiy suv sarfi martiyun oylariga (60% dan ortiq) to’g’ri keladi. Daryolar suv sarfini tartibga solish maqsadida Janubiy Surxon, Uchqizil, Degrez suv omborlari barpo qilingan. Katta zaxiralarga ega bo’lgan er osti suvlari ham muhim suv manbalaridir. Hoz. vaqtda artezian suvlari va koriz quduqlari suvidan qisman qishloqlarni toza suv bilan ta’minlashda, ekin may- donlari va chorva mollarini sug’orishda foydalanilmoqda. S.Sh. v.ning tog’li va tog’oldi zonala- ri suv bilan etarli mikdorda ta’min- langan. Biroq keng tekislik qismida suv tanqisligi kuzatiladi. Vodiyning tabiiy geografik sharoitidagi farqlar, uning tuproqlari, hayvonot va o’simlik dunyosining geografik tarqalishida ham aks etgan. Vodiyning tekislik qismida pastdan yuqoriga tomon taqirsimon, ti- pik bo’z tuproqlar hamda qumoq, sho’rxok tuproq tiplari birbiri bilan o’rin almashinib boradi. Yog’in kam tushadi- gan bunday erlarda yantoq, shuvoq, sho’ra, burgan, yulg’un, turli xil efemeroid o’simliklar keng tarqalgan. Allyuvial botqoq tuproqli Daryo terrasalari va keng qayirlar, asosan, qamish, qiyoq, qo’g’a, ajriq, miya kabi o’tlar, tol, turang’il, jiyda, patta, yulg’un kabi daraxtbutadan tashkil topgan to’qaylar, changalzorlar bilan band. Asosan, tipik bo’z tuproqlar keng tarqalgan adir va tog’ oldi zonasida (mutlaq bal. 500-1200 m) nixatak, qashqarbeda, betaga, qo’zigul, lolaqizg’aldoq, ismaloq, qo’ng’irbosh, cha- lov, na’matak kabi turli efemeroid o’t va butasimon o’simliklar o’sadi. Tog’li qismida bo’z va jigarrang tuproq tur- lari keng tarqalgan. Bu tuproqdarda yov- voyi arpa, kiyiko’t, tog’lolasi, kavrak, sernam erlarda qamish, yulg’un, butasi- monlardan do’lana, na’matak, yovvoyi bo- dom, olcha, olma, yovvoyi tok kabilar ara- lash holda o’sadi. O’rtacha balandlikdagi tog’zonasida (1700-1300 m) arpa, lista, yong’oq, irg’ay, zaranglar katta maydonlar- ni egallaydi. Undan yuqorisini esa Su- Balp, Alp o’tloqlari egallagan. S.Sh.v.ning xayvonot dunyosi qam xil- maxil. Bo’ri, tulki, chiyabo’ri, qobon, quyon barcha mintaqalarga xos. Faqat tog’va tog’oldi zonalarida uchraydigan Nodir kiyik, ayiq, bo’rsiq kabi hayvonlarning soni tobora kamayib bormoqda. Qarg’a, chumchuq, chug’urchiq, so’fito’rg’ay, loyxo’rak, o’rdak, bulbul, chil, kalxat, Lochin, burgut kabi qushlar vodiyning hamma joyida uchraydi. Sudraluvchilardan kaltakesa- klar va ilonlar, toshbaqa; kemiruvchilar- dan yumronqoziq, sug’ur, dala sichqonlari, boshqa hayvonlardan tipratikan, jayra, baliklardan sazan, zogora baliq yashaydi.