Suv bug’i

Suv bug’i — suvning gazeimon holati. Suvning suyuq holatdan gazeimon holatga o’tishi natijasida hosil bo’ladi. S.b.ni: bug’ning muallaq holatdagi suv tomchilari bilan aralashmasidan iborat ho’l to’yingan bug; namlik aralashmalari- dan tozalangan quruq to’yingan bug’; muay- Yan bosimdagi to’yinish t-rasidan yuqori traga ega bo’lgan o’ta qizdirilgan bug’larga ajratish mumkin. Bir xil bosimdagi to’yingan bug’va o’ta qizdirilgan bug’lar tralarining farqi o’ta to’yinganlik da- rajasi deb ataladi. To’yingan va o’ta qizdirilgan S.b.dan, xususan, bug’mashi- nalarida, bug’turbinalarida ish jismi, isitish tizimlarida issiklik tashuvchi sifatida foydalaniladi. Kumir, neft, gaz kabi organik yoqilg’ilarning yonishida ajraladigan issiklik, og’ir elementlar yadrolarining bo’linishida ajraladigan energiya hamda elektr tokining o’tishi natijasida vujudga keluvchi issikli- klardan foydalanib bug’generatorlari- da SB. hosil qilinadi. Zamonaviy katta bug’qozonlarining f.i.k. 95 foizgacha etadi. Odatda, katta masshtabli energe- tik inshootlarda quyidagi parametrlar- ga ega bo’lgan SB. ishlatiladi. To’yingan S.b.ning fizik xossalari faqat uning t-rasiga bog’liq. To’yinmagan S.b.ning Fi- zik xossalari esa uning t-rasi va qanday bosim ostida turganligiga bog’liq. IDE- al gaz va bosim nolga intilgan sharoit- da SB. uchun z birga teng. Tra o’zgarmas bo’lgan sharoitda bosimning 300 ATM gacha ortib borishida z ning kamayishi kuza- tiladi. Bu kamayish to’yinish sharoiti- ga yaqinlashganda juda kuchayib ketadi. S.b.ning yopishqokligi, bosim o’zgarmas bo’lgan sharoitdagi issiklik sig’imi va issiklik o’tkazuvchanligi, bosimning kichik qiymatlarida tra ko’tarilishi bi- lan ortib boradi. Ammo traning katta qiymatlarida bu bog’lanishlar murakkab xarakterga ega bo’ladi. Bu ma’lumotlar asosida bosim va traning juda keng dia- pazonlarida S.b.ning termodinamik xos- salari yoritilgan jadvallar tuzilgan.