Suvning aylanishi

Suvning aylanishi— quyosh radiatsiyasi va og`irlik kuchi ta’sirida Yer sharida suvning to`xtovsiz aylanib yurishi. Quyosh radiatsiyasi ta’sirida Dunyo okeani yuzasidan taxm. 450 ming km.kub, quruqlikdan 61 ming km.kub suv bug`lanadi. Okean yuzasidan ko`tarilgan suv bug`larining aksari qismi to`yinib, yana okean ustiga yog`in bo`lib yog`adi (403 ming km.kub); bug`larning havo oqimlari olib ketgan qismi quruqlikka yog`adi (108 ming km.kub). Bu yog`inlarning bir qismi yerga singib, yer osti suvlarini hosil qiladi, bir qismi yer yuzasidan oqib, daryolarni vujudga keltiradi, qolgan qismi esa bug`lanib ketadi. Havo oqimlari quruqlikka keltirgan suv pirovard natijada Dunyo okeaniga yetib boradi.