TAKLIF INFLYATSIYASI
TAKLIF INFLYATSIYASI — iqtisodiyotda tovar va xizmatlar taklifi kamayib borishi natijasida narxning ko’tarilishi. Taklif qisqarishining asosiy sababi mahsulot birligiga sarflangan xarajatlarning o’sishidir. Xarajatlarning o’sishi natijasida vujudga keladigan inflyatsiyaning ikki shakli mavjud: a) ish haqining o’sish inflyatsiyasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmi to’lanadigan ish haqi va daromadlarga mutanosib borishi shart, agarda u buziladigan bo’lsa, jami taklif kamayadi, narx ko’tariladi; b) taklif mexanizmining buzilishi natijasida vujudga kelgan inflyatsiya, u kutilmaganda birdaniga xomashyo va energiya narxining ko’tarilishi natijasida vujudga keladi. Masalan, rivojlangan mamlakatlarda 1973-1974 va 1979-1980-yillarda chetdan olib kelinadigan neft narxining keskin ko’tarilishi.