TAKSODI

TAKSODI, botqoq sarv (Taxodium) — taksodidoshlar oilasiga mansub barg to’kadigan ignabargli daraxtlar turkumi. Balandligi 30-50 metr, tana diametri 12 metrgacha boradi. Ignabargi mayin, tasmasimon, uchli, uzunligi 9-15 millimetr, kengligi 1-2 mmillimet, oktabr oyida sarg’ayib, kuz va qishda to’kiladi. Shoxshabbasi piramidasimon, nafis, pastga egilgan. Po’stlog’i qizg’ishqo’ng’ir. 500 yildan ko’proq yashaydi. Yorug’sevar o’simlik, tez o’sadi. 10 yildan boshlab gullaydi va meva beradi. Urug’i va qalamchasidan ko’payadi. Oddiy botqoq sarv (Taksodi distichum) va Meksika Taksodi (Taksodi mucronatum) turlari bor. Shimol Amerikaning Janub sharqida botqoqlar va dengiz bo’ylarida, 1400 — 2300 metr baland tog’larda o’rmonlar hosil qilib o’sadi. Manzarali daraxt sifatida jahondagi ko’pgina mamlakatlarda, shu jumladan, Kavkazning qora dengiz bo’ylarida, Ukrainaning janubig’arbiy qismi, O’rta Osiyoda ekiladi. Yog’ochi chirishga bardoshli, qurilishda, mebel va turli asboblar yasashda ishlatiladi.