TALAB HAJMINING O’ZGARISHI
TALAB HAJMINING O’ZGARISHI — tovarlar narxining o’zgarishi natijasida xarid qilinayotgan tovarlar miqdorining o’zgarishi. Masalan, guruch narxining pasayishi unga bo’lgan talab hajmini oshiradi va aksincha. Talabga ta’sir etuvchi g’ayrinarxiy omillar — talabga narxdan bo’lak tasir etuvchi omillardir. Bular: 1. Iste’molchilar didlarining o’zgarishi. Masalan, jismoniy sog’lom bo’lish keng yoyilsa, bunda sport anjomlariga talab oshadi. 2. Sotib oluvchilar sonining o’zgarishi. Masalan, aholining kamayishi xaridorlaming kamayishiga olib keladi, buning natijasida tovar va xizmatlarga bo’lgan talab kamayadi. 3. Daromadlarning o’zgarishi, daromadlarning o’sishi insonlarning mahsulot sotib olish imkoniyatlarini oshiradi, bu esa talabning o’sishiga olib keladi va aksincha. 4. Bir-biriga bog’liq tovarlar baholarining o’zgarishi. 5. Iste’molchilarning kutishidagi o’zgarishlar. Masalan, biron davlatda iqtisodiyot keyingi yilda tanazzulga yuz tutishi kutilmoqda, bu esa inflyatsiyaning o’sishi demakdir. Buning natijasida insonlarning ko’chmas mulk, uzoq muddat ishlatiladigan uy-ro’zg’or anjomlariga bo’lgan joriy talabi oshadi.