TAMAKI

TAMAKI — tomatdoshlar oilasiga mansub bir va ko’p yillik ut o’simliklar turkumi, narkotik o’simlik. Tamakining 60 dan ortiq turi ma’lum. Yovvoyi holda tropiklarda, Amerika va Avstraliyada yovvoyi turlaridan N. alata va N.sandera o’sadi. Ikki turi — tamaki (N. tabacum L.) va maxorka (N. rustica) ekiladi. Tamakining mavjud agroekotiplari 3 guruhga bo’linadi: L.) papiros tayyorlanadigan bargi mayda Sharqiy Tamaki guruhlari — kichik Osiyo va Bolqon yarim orolida tarqalgan; 2) Amerika papiros Tamakilari — Janubiy Amerikada ekiladi, baland bo’yli, namga chidamli Tamakilar; 3) sigara Tamaki guruhlari — Braziliya, Gavana, Sumatra tamakilari. Tamakining vatani — Janubiy Amerika. Taxminan 1518 yilda Portugaliya va Ispaniyaga keltirilib, dastlab manzarali o’simlik sifatida o’stirilgan, keyin boshqa mamlakatlarga chekiladigan, iskaladigan ashyo sifatida tarqalgan. Jahonda asosiy ekin maydonlari 4,75 million gektar, (1994). Xitoy, AQSh, Hindiston va Braziliya, Bolgariya, Turkiya, Rossiya, Qirg’iziston, Qozog’iston, Tojikistonda va b. mamlakatlarda ekiladi. O’zbekistonda asosan Samarqand viloyatining Urgut tumanida yetishtiriladi. Ekin maydoni 8,7 ming gektar, o’rtacha hosildorligi 29,2 ts/ga (1997). Tamaki narkotik xom ashyo olish uchun ekiladi. Poyasi (2 metrgacha) tik, g’ovak, o’zakli. Barglari ketma-ket joylashgan, yaxlit, tuxumsimon, uchi o’tkir. Gullari ikki jinsli, besh bo’lmali, pushti, qizil yoki oq, o’zidan changlanadi. Mevasi ko’sakcha, 1000 dona urug’i vazni 0,050,12 gramm. Urug’ida 30-35% texnik moy mavjud. Tamaki: gullagan shoxo’simligi (asosan chasi va bar bargi)da nikotin, anabazin, nikotilin va b. alkaloidlari to’planadi. Tamaki ekilgach, 40-60 kunda gullaydi, 70-140 kunda pishadi. Sof Tamakining quritilgan barglarida 1-4% nikotin, 1% efir moyi, 4-13% uglevodlar, 7-13% kul moddasi, 4-7% smola va boshqalar bor. Issiqsevar o’simlik, —1—3° da nobud bo’ladi. Tamaki urug’i 10-12° haroratda unib chiqadi, namga talabchan, sug’oriladigan sur tuproqli yerlarga ekiladi. 4-8 marta sug’oriladi. O’zbekistonda Amerikan 287S, DyubekO’zgan9, Dyubek4407, Izmir navlari o’stiriladi. Parnik va issiqxonalarda etishtirilgan ko’chati dalaga may oyida keng qatorlab (qator orasi 60-70 santimetr) ekiladi. Vegetatsiya davri o’rtacha 100-120 kun. Yetilgan barglari o’suv davrida qo’lda 5-7 marta yig’ib olinadi, ipga tizilib, salqin joyda shamollatiladi, quyosh nurida, maxsus barg quritish binolarida quritiladi. Fermentlash zavodlarida barglarga dastlabki ishlov beriladi. Bargidan tamaki sanoati korxonalarida papiros, sigara, sigaret, trubkali Tamaki, hidlama Tamaki va boshqalar ishlab chiqariladi. Zararkunandalari: tamaki tripsi, tamaki shirasi, tamaki va kuzgi tunlam, simqurtlar, soxta simqurtlar; kasalliklari: tamaki mozaikasi, ildiz chirishi. Ad.: AB da kar i mov D.T., Xushvaqtov S.X., Umurzoqov E.U. Tamakichilik, T., 1985 Halima Otaboeva.