TANDIR
TANDIR — non, somsa, kabob va boshqalarni yopib pishirish uchun qurilgan maxsus loy o’choq. Tandir yasash uchun echki yoki tuya juni, loyga qo’shib qoriladi. Yaxshi pishitilgach, ustiga namakob sepib, latta bilan o’rab qo’yiladi. Bir necha soatdan keyin qayta tepib pishitiladi. So’ng eni 20-30 santimetr, qalinligi 8-10 santimetr, uzunligi 80-90 santimetr atrofida bo’lakbo’lak parchalar tayyorlanadi va ulardan bir nechasini bir-biriga tikka qilib yopishtirib Tandir hosil qilinadi. Ayrim tandirsozlar Tandir yasash uchun tsilindrsimon chuqur (qolip) qazib, shu chuqur devoriga tayyorlangan loy bo’laklarini yopishtiradilar. Tandirning ichi namakob sepib silliqlanadi. Xonadonlarga quriladigan o’rtacha Tandirning ichki diametri 0,8 metr chamasi, yerdan 0,8—1 metr baland qilib o’rnatiladi. Bundan kattaroq Tandirlar novvoyxonalarga quriladi. Buxoro, Samarqandda Tandir yerga yoki maxsus supaga og’zi tik qilib qurilsa, Farg’ona vodiysi va Toshkentda yotiq qilib o’rnatiladi. Atroflariga tutun tortadigan va havo kiradigan teshik (10-15 santimetrli)lar qilinadi. Yangi qurilgan Tandirning ichki devorlariga paxta yog’i surkab, bir kechakunduz davomida olov yoqib qo’yiladi. Іpun pay qilinsa yopilgan nonning orqasiga kesak ilashmaydigan bo’ladi. Tandir Non yopishdan oldin shox-shabba, yantoq, g’o’zapoya, o’tin va boshqalar bilan oqarguncha qizdiriladi (hozir gazlashtirilgan tandirlar ham uchraydi).