TANGACHALILAR
TANGACHALILAR (Squamata) sudralib yuruvchilar turkumi. Gavdasi har xil shakldagi tangachalar va qalqonlar bilan qoplangan. Tangachalar ostida suyak plastinkalar joylashgan. Kalla suyagi chakka qismidagi suyaklar reduktsiyaga uchragan. Yuqori jag’ kvadrat suyagi ko’pincha bosh qutisi bilan harakatchan birikkan. Kloakasi kundalang tirqishsimon. Erkagining kopulyativ organi bir juft. Ko’pchilik Tangachalilar (kaltakesaklar, ilonlar) tuxumlari yumshoq pergamentsimon pust bilan qoplangan; bu pust ostida oqsil parda bo’lmaydi. Z kenja turkum: kaltakesaklar, amfibiyasimonlar va ilonlarga bo’linadi. 6600 turi bor. Antarktidadan boshka barcha qit’alarda tarqalgan. O’zbekistonda Tangachalilarning kaltakesaklar va ilonlar kenja turkumiga mansub 58 turi tarqalgan; 16 turi O’zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan.