TANSHIXAY
TANSHIXAY (milodiy 2-asr) — syanbi qabilalar birlashmasi oqsoqoli. Qabila oqsoqollari kengashida bu lavozimga saylangan. Zodagonlar naslidan bo’lgan yosh, Jasur Tanshixay boshqa qabila oqsoqollarini o’ziga tobe etib, syanbi qabilalar birlashmasiga boshchilik qilgan. 155-166 yillar mobaynida Tanshixay hunnular davlatiga qarashli bo’lgan, sharqdan g’arbga tomon 14000 li masofaga cho’zilgan barcha yerlarni egallab olgan va qisqa muddat ichida ulkan saltanatga boshchilik qilgan. Tanshixay vafotidan so’ng, uning davlati parchalanib ketgan. Hunnular mana shu mag’lubiyatlaridan so’ng, yerlaridan, vatanlaridan mahrum bo’lib olis G’arbga tomon yurishlarini boshlaganlar. Ad.: Pletneva SP., Kochevniki srednevekovya, M., 1982.