TANTAL NIOBATLAR
TANTAL NIOBATLAR — minerallar guruhi — ta, Mlarning Fe, Mn, Ca, Na, Nodir yer elementlari va boshqalar bilan tabiiy kompleks birikmalari. Granit, pegmatit, karbonatitlarda aktsessor mineral ko’rinishida uchraydi. Ta, Nb, Y larning rudalari. Umumlashgan formulasi AnBmXp, bunda A — kationlari yirik yoki o’rtacha o’lchamda. Tantal niobatlar sinfi 100 dan ortiq mineral va ularning xillarini kamrab olgan. Asosiy minerallari: kolumbit, tantalit, loparit, piroxlor, iksiolit, samarskit, evksenit, mikrolit va boshqalar Tantal niobatlar strukturasining asosida A guruhi kationlari bilan o’zaro bog’langan niobiyli (tantalli) — kislorodli oktaedrlar yotadi. U, Th va TR tarkibli Tantal niobatlar metamiktli, kuchli radioaktivli bo’lib, o’zida o’zgaruvchan mikdorda suv saklaydi; polimorfli modifikasiyasi ko’p. Tantal niobatlar mayda xolxollik hosil qilib, yirik ko’rinishda kam uchraydi (kristallari loparit, piroxlor, kolumbittantalit uchun xos). Rangi qora, to’q qo’ng’ir, qo’ng’irsariq; mangantantalit pushti, simpsonit och sariq rangda. Odatda, yarim shaffof, shishadek yaltiraydi, metamiktli xillari — smolasimon yaltiroq. Qattikligi 4,5— 8, ko’pincha 5-6, metamiktli Tantal niobatlarniki bundan kamroq. Zichligi 3,5—9 g/sm3 (ta va Ti miqdoriga bog’liq). Fe, Mn va TR tarkibli Tantal niobatlar kuchsiz magnitli. Tantal niobatlar — nefelinli sienitlarda, granitlarda aktsessor mineral; granitli va ishqorli pegmatitlarda, Nodir metalli albitlashgan granitlar, dala shpatli metasomatitlar, karbonatitlar, luyavritlar va foyyaitlarda yuqori kontsentrasiya hosil qiladi.