TANTALIT
TANTALIT — murakkab oksidlar guruhiga mansub mineral; kolumbittantalit izomorf qatorining chekka a’zosi. Kimyoviy tarkibi (G’e, Mp) (ta, Nb)2O6. Tantalitda tantal (%da) 1chdan ko’p bo’ladi. Turlari: ferrotantalit (G’eO:MPO>3:1, G’eoning miqdori 14%gacha); manganotantalit (MnO:FeO>3:1, Mponing miqdori 14%gacha); sa, Mg, Sn, Ti, kam hollarda W, U, Th va boshqa izomorf aralashmalar holida bo’ladi. Rombik sistemada kristallanadi; kolumbitning struktura tipi. Kristallari ignasimon. Rangi qora, kulrang, qo’ng’ir, qizg’ishjigarrang. Shaffof emas yoki yarim shaffof. Yarim metallsimon yaltiraydi. Sinonimi — ildefonsit, qattiq tantal rudasi. Kolumbittantalit qatorida Ta2O5 miqdori ortishi bilan qonunga binoan fizik xususiyatlari o’zgarib boradi. Tantalitning qattiqligi 6,5—7 va zichligi 6,2—8,2 g/sm3. Mo’rt. Tantalit kolumbitdan spektrning infraqizil oblastidagi optik konstanta bilan farq qiladi. Genetik jihatdan granitlar, pegmatitlar (kamyob metalli, muskovitli, kvarsdala shpatli va boshqalar), karbonatitlar va ishqorli tog’jinslari bilan bog’liq; pegmatitlarda Tantalit albit, lepidolit, berill va boshqalar bilan assotsiasiyada bo’lib, kolumbitga nisbatan kechki bosqichda kristallanadi. Tantalit asosiy massasining hosil bo’lishi albitizasiya, manganotantalitniki — lepidolizasiya jarayoni bilan bog’liq. Tantalit nurashga chidamli, faqat ellyuvial, kamroq allyuvial sochmalarda to’planadi va asosan shu yerning o’zida qazib olinadi. Tantalit tantalning asosiy rudali minerali. Tantalitning xorijdagi asosiy konlari Kanada, Braziliya, G’arbiy Avstraliya, Mozambik, Sharqiy Qozog’iston va Uralda ma’lum. O’zbekistonda Markaziy Qizilqumning pegmatit tomirlarida (1931), G’arbiy O’zbekistonning ChatqolQurama regioni granitoidlarida va Choqadambuloqning pegmatitlarida kolumbittantalit minerallari uchraydi.