TANTIA TOPI

TANTIA TOPI (laqabi, asl ismi Ramchandra Pandurang) (taxminan 1814— 1859.18.4) 1857-59 yillardagi Hindiston qo’zg’olonining harbiy rahbarlaridan biri. Asosan, Kanpur, Bundenkxand, Rajputana va Gvalior viloyatlarida (Lakshmi Bai bilan birgalikda) qo’zg’olonchilarga boshchilik kalgan. Millati marath bo’lgan Tantia Topi brahman oilasida tug’ilgan. Yoshligida Nana Sohibnint do’sti bo’lgan. Nana Sohib inglizlarga qarshi ko’tarilgan sipohiylar qo’zg’oloniga qo’shilganda uning safdoshi, harbiy otryadlardan birining komandiri. Tantia Topining harbiy iqtidori qo’zg’olon markazlaridan biri — Kanpur qulagach (1857 y. iyul), namoyon bo’lgan. U gvaliorlik qo’zg’olonchilarga bosh bo’lib, inglizlarning general Uindxem rahbarlik qilgan harbiy qismini tor-mor etgan (1857 yil 28 noyabr). Gvalior yaqinida inglizlarning general Rouz qo’mondonligidagi armiyasidan mag’lubiyatga uchragach, Dekanga ketib partizanlik urushi olib borgan. Unga xiyonat qilgan gvaliorlik zamindor Man Singh tomonidan inglizlarga tutib berilib qatl etilgan.