Tashqi kuchlar, ekzogen jarayonlar

Tashqi kuchlar, ekzogen jarayonlar (yunoncha ekso — tashqi, genos — paydo bo`lish) — Yer yuzasi yoki yer po`stining yuqori qatlamlarida quyosh energiyasi, og`irlik kuchi (surilish, ko`chkilar) va organizmlar faoliyati ta’sirida sodir bo`ladigan jarayonlar. Bu jarayonlarga nurash, eroziya, yer osti suvlari harakati, dengiz to`lqinlarining qirg`oqsa urilishi, muzliklar va shamol faoliyati kiradi. Tashqi kuchlar natijasida tog` jinslari yemiriladi, yemirilgan mahsulotlar ko`chadi va yangi joylarda to`planadi.