Tashqi savdo

Tashqi savdo — bir mamlakatning boshqa mamlakat yoki mamlakatlar bilan olib boradigan savdosi. Mamlakatdan tovarlar chiqarish (eksport) va mamlakatga tovarlar kiritish (import) dan tashkil topadi. Eksport va import yig’indisi mamlakatning Tashqi savdo aylanmasini tashkil etadi. Mamlakatlar o’rtasida savdo-sotiqning rivojlanishi ikki tomonlama foyda olish imkonini beradi. Tashqi savdo mamlakatlararo iqtisodiy munosabatlarning eng oddiy va eng qadimgi shaklidir. Qadimgi Misr, Yunoniston va Rim quldorlik tuzumi davridayoq boshqa mamlakatlar bilan ikki tomonlama savdosotiq munosabatlarini amalga oshirgan. Insoniyat tarixida birinchi marta Sharq va G’arb dunyosini bir-biri bilan bog’lagan Buyuk Ipak puli qitalararo savdoni yo’lga qo’ydi. Bu yo’l hozirgi O’zbekiston hududida joylashgan shaharlarda savdosotiqning keng kuloch yoyishiga olib kelgan edi. Tashqi savdoning rivojlanishiga Buyuk geografik kashfiyotlardan so’ng yangi dengiz yo’llarining ochilishi kuchli turtki bo’ldi. Ayniqsa, sanoat, mashinalashgan ishlab chiqarish. xalqaro xo’jalik aloqalarini yanada rivojlantirib yubordi. Yangi tarmoqlar, ishlab chiqarish turlarining paydo bo’lishi, mehnat unumdorligining oshishi ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ichki iste’moldan tashqari qismini chet ellarga chiqarish va sotish imkonini berdi. Ayni paytda ko’pchilik mamlakatlarda xom ashyo resurslariga ehtiyoj keskin oshdi. Natijada tashqi oldisotdi harakatlarini amalga oshirishni uygunlashtiradigan xalqaro bozor qaror topdi. Tashqi savdoning rivojlanishi asosida xalqaro mehnat taqsimoti va D. Rikardo asoslab bergan qiyosiy ustunlik qoidasi yotadi. Bu qoidaga ko’ra alohida sharoitlarning mavjudligi, xususan, qulay geografik joylashuv, noyob tabiiy resurslar ayrim mamlakatlarga tovar va xizmatlarning ayrim turlarini ishlab chiqarishda muayyan ustunliklar beradi. Mamlakat o’zining qiyosiy ustunligidan foydalanib ayrim tovar turlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashadi, mahsulotlarini boshqa mamlakatlarga ham sotish maqsadida katta mikdorda va yuqori sifatda ishlab chiqarishga harakat qiladi. Bunday tovar va xizmatlarni uzlarida ishlab chiqarmaydigan boshqa mamlakatlar, ishlab chiqarganda ham ularga ketadigan sarf-xarajatlarning nisbatan yuqoriligini hisobga olib, tashqaridan tovar va xizmatlarni kiritish yo’lini tutadilar. O’zbekiston Respublikasi jahonning 140 dan ortiq mamlakatlari bilan savdosotiq aloqalarini amalga oshirmoqda. 2003 yilda O’zbekistonning tashqi savdo aylanmasi 6,7 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu ko’rsatkich 2002 yilga nisbatan 17,3% ko’pdir. Uning Tashqi savdoda jahonning iqtisodiy rivojlangan mamlakatlari hissasi ortib bormoqda. O’zbekiston savdo aylanmasining 62% uzoq xorij mamlakatlariga, 38% esa MDH mamlakatlari hissasiga to’g’ri kelmoqda. O’zbekistonning hozirgi asosiy savdo hamkorlari — Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya, Shveytsariya, AQSh, Janubiy Koreya, Rossiya, Italiya, Niderlandiya, Belgiya, Turkiya, Frantsiya, Xitoy va boshqa davlatlar. Respublika Tashqi savdoning 60%dan ziyodrog’i Yevropaga, 33% Osiyo, 6,5% Amerika qit’asi mamlakatlari hissasiga to’g’ri keladi (2003). Tashqariga tovar chiqarish tarkibida mashina va asbob-uskunalar, rangli metallar va energiya vositalari o’rin olmoqda. Asosiysi — O’zbekistonning Tashqi savdoda faqat xom ashyo vositalari bilan qatnashuviga barham berilmoqsa, eksport tarkibi sezilarli kengaymoqda. Rivojlangan mamlakatlar bilan savdo aloqalari chetdan qo’shimcha moddiymoliyaviy resurslarni jalb kilish, ishlab chiqarishga ilg’or texnika va texnologiyani joriy etish, ichki iste’mol bozorini turli-tuman keng xalq iste’moli tovarlari bilan to’ldirish, xizmat ko’rsatish sohasida xorij tajribasidan foydalanish, qo’shimcha ish o’rinlarini yaratihda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Mamlakatning Tashqi savdo siyosatini O’zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi amalga oshiradi. Tashqi savdo «O’zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyati to’g’risida» (1991, 14 iyun), «valyutani tartibga solish to’g’risida» (1993, 7 may), «Davlat bojxona xizmati to’g’risida» (1997, 29 avgust) qonunlari, «Bojxona kodeksi» (1997, 27 dekabr) va boshqa qonun va qarorlar, me’yoriy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Mamlakatlar o’rtasida Tashqi savdoni tartibga solishda Jahon savdo tashkiloti muhim rol o’ynaydi. Nurislom To’xliyev.