Tashqi savdo balansi

Tashqi savdo balansi — mamlakatning muayyan vaqtdagi (masalan, 1 yilgi) eksport va import qiymati orasidagi o`zaro nisbat. Agar eksport importdan oshsa, mamlakat tashqi savdo balansi faol balans, import eksportdan oshsa, past balans deyiladi.