TASIT

TASIT, Publiy (?) Korneliy (P.Cornelius Tacitus) (taxminan 56 — taxminan 117) — Rim tarixchisi. Imperator Vespasian tomonidan senatorlar tabaqasiga o’tkazilgan; bir qancha yirik lavozimlarni egallagan: pretor (88), konsul (97), Osiyo prokonsuli (112/ 113). Tasit «Agrikola» (97-98), «Germaniya» (98), «Notiqlar haqida dialog»(102— 106), shuningdek, «Tarix» (105-111) va «Aknallar»(112-117) tarixiy asarlar muallifi. «Tarix» asari Rim imperiyasining 69-96 yillardagi tarixiga, «annallar» 14-68 yillardagi voqealar bayoniga bag’ishlangan.