Tbilisi amirligi
Tbilisi amirligi — Gruziyada o’rta asrlarda musulmon amirlari boshqargan davlat. 8-a.ning 30y.larida Sharkiy Gruziyada o’rnashib olgan arablar, qarorgohi Tbilisi bo’lgan amirlik barpo etganlar. Dastlab amirga Sharqiy Gruziyaning barcha hududi tobe bo’lgan, lekin keyinchalik gruzin xalqining kurashi oqibatida T.a. hududi qisqargan. 9-a. boshiga kelib Amir qo’l ostida faqat Kartlining o’zi qolgan, 11-a.da esa, Tbilisi sh. va uning atrofidagi tumanlar amirlikka tobe bo’lgan, xolos. 9-a. boshida amirlar Xalifalikdan ajralib mustaqil bo’lish uchun kurash boshlashgan. 9-a.ning 80y.larida ular bunga erishganlar va 11-a. oxiriga qadar mustaqilliklarini saqlab qolganlar. 9-10-a.larda T.a. ilk urta asr gruzin davlatlarining gruzin erlarini birlashtirish uchun olib borgan kurashlarida ishtirok etgan. 11-a.ning 30y.larida Tbilisidagi hrkimiyat shahar zodagonlari qo’liga o’tgan, 1122 y. shaharni shoh David Binokor boshchiligidagi gruzin qo’shinlari egallagan va Tbilisi Birlashgan Gruziyaning poytaxtiga aylangan.