Tekislik

Tekislik — qurukliklarda, dengiz va okeanlar tubidagi yassi yoki biroz o’rqir bo’lgan katta maydonlar. Quruqlikda dengiz sathidan past bo’lgan botiq T. (mas., Kaspiybo’yining shim. va Sharki), bal. 0 dan 200 m gacha bo’lgan paettekislik (G’arbiy Sibir), 200 dan 500 m gacha bo’lgan baland (Ustyurt) va 500 m dan ziyod yassitog’liklarga (Eron tog’ligining ichki qismlari) bo’linadi. T. yuzasining yotiq (Betpakdala cho’lining g’arbiy qismi), qiya (tog’oldi shleyflari) va botiq (Qashqar tekisligi) shakllari mavjud. Mezorelefiga ko’ra yassi, pog’onasimon, to’lqinsimon, sertepa, o’ydimchuqur va h.k. T.lar farq qilinadi. T. larning kelib chiqishi, geologik strukturasi va rivojlanish tarixi turlicha. Ekzogen jarayonlarning ta’sir etishiga ko’ra denudasion (dastlabki tog’larning emirilishidan hosil bo’lgan) va akkumulyativ (cho’kindi jinslar to’planishidan yuzaga kelgan) T.larga bo’linadi. T.lar Er yuzasining katta qismini egallaydi. Quruqlikdagi T.larda katta Daryo havzalari, ko’llar joylashgan, ularning inson tomonidan o’zlashtirilishi qulay. Eng yirik tekisliklar: shim. Amerikadagi Buyuk va Markaziy tekisliklar, Jan. Amerikadagi Amazonka va Gviana pasttekisliklari, Evropadagi Sharqiy Evropa, Osiyodagi G’arbiy Sibir, Turon, Buyuk Xitoy, Hindgang T.lari, Afrikadagi Sahroi Kabir va Sudan, Avstraliyadagi Markaziy pasttekisliklar.