Televizion teleskop

Televizion teleskop — kuzatiladigan osmon yoritqichlarining tasviri teleskop texnika yordamida hosil qilinadigan astronomik qurilma. Birinchi marta 20-a. 50y.lari o’rtalarida Oy va sayyoralarni, keyinchalik esa er sun’iy yo’ldoshlari va b. kosmik ob’ekt (galaktika, tumanlik) larni kuzatishda qo’llana boshladi. T.t. optik teleskota o’rnatilgan uzatuvchi televizion trubka (superortikon, izokon, vidikon), videokuchaytirgich, aloka kanali va qabul qiluvchi televizion trubka (kineskop) dan iborat. T.t. spektrning ultrabinafsha, ko’rinma va infraqizil diapazonlarida ishlashi va kosmik ob’ekt tasvirini uzok, masofaga (kabel yoki efir orqali) uzata olishi bilan boshka nur qabul qiluvchi vositalar (fotoplastinka, fotoelement)dan ustun turadi. Olingan videosignallarni qayta ishlashda avtomatik asboblardan foydalaniladi. T. t. birinchi marta 1952 y. Oyni (Buyuk Britaniya) va 1954 y. Marsni (AQSh) kuzatishda qo’llanildi. Pulkovo rasadxonasida T.t. bilan 1956 y.dan boshlab oy tadqiq qilingan. O’zbekiston FA Astronomiya intida T.t. yo’q. Bu erda zaryad alokasiga asoslangan matrisali Quyosh teleskopi (PZS) ishlab turibdi (2004).