Telugu adabiyoti

Telugu adabiyoti — telugu (Andxra) xalqining adabiyoti. Telugu tili 1ming yilliklarda shakllana boshlagan. Birinchi yozma yodgorliklar toshlarga o’yib yozilgan «shasana» yozuvlaridir. Telugu tilidagi eng qad. yozuv 575 y.ga oid. 7-8-a.larga tegishli yozuvlar juda kam saklangan. Shasana yozuvlaridagi birinchi she’riy asar 9-a., telugu tilidagi birinchi she’r esa 849 y. ga taallukli. Padma (10-a.) teluguda «Jinendra haqida Parana» nomli o’z ustozi haqida asar yaratgan. «Mahabharatatmnt Nannaya Bhatta (11-a.) tomonidan telugu tiliga tarjima qilingan nusxasi — «Andhra Mahabharata» T.a.ning ilk namunasidir. Sarvadeva esa jaynizm goyasi bilan sugorilgan 2 ta: «adi puranam» («azaliyat haqida Doston») hamda «Viratamu» («Virat haqida asar») dostonlarini yozgan. Pavuluru Mallaning «Pavuluganitama» («Matematika», 12-a.) traktati bir necha ming she’riy misralardan iborat. Shu davrda «lakshanagrantxamu» — «she’riyat haqida traktat»lar (Mallaya Rechana — «Kavijanashrayamu»si, Gokarna Devaning traktatlari) yaratildi. 12-a. .T a.da Palkurika Somnahta (13-a.)ning «Anubhavasaram» («bilish ilmi asoslari»), «basava paranam» («basava haqida qissa») hamda «Panditaradhya — charitamu» («Avliyo Pandit haqida qissa») qahramonlik dostonlari paydo bo’ldi. 14-15-a.larda telugu tilida ko’pgina sanskrit asarlarining — Puranlar, matematikaga oid asarlar, she’riy asar-lar, ertak va masallarning tarjimalari yaratildi. 16-a. shoir va yozuvchilaridan Shrinath, Bammer Potana, Krishnadev Ray, Alasani Peddana telugu she’riyatining rivojiga katta hissa qo’shganlar. 18-a. she’riyati bhaktshoir Vemana shatakamulari bilan mashhur. 19-20-a.larda publisistika rivojlandi, yangi adabiy janr va shakllar paydo bo’ldi. T.a.dagi ma’rifatparvarlik g’oyalari asoschisi Kandukuri Vireshalingam (1 848-1919)ning yumoristik asarlari va «Rajashekhara hayoti» kabi romanlari ijtimoiymaishiy mavzudagi dastlabki asarlardir. 20-a.da romantik she’riyat gullab yashnadi (g. Apparao, R. Subbarao, D. Krishnashastri), 20-a. 1yarmi adabiyotida milliy mustaqillik uchun kurash g’oyalari (V. Bhaskararo, V. Satyanarayana) aks ettirildi. Keyingi davrda T.a.da gumanizm, realism g’oyasidagi turli ijtimoiy mavzudagi romanlar, hikoyalar, novellalar, falsafiy mavzudagi she’rlar yaratilmoqda (R. Vishvanatha Shastri, K. Kumar, P. Padamarazu, R. Reddi, M. Rao, Subbaroa, Somasundar va b.). Ad.: Gurov N., Petrunicheva 3., Literatura telugu, M., 1967. Tamara Xo’jaeva, Ulfatxon Muhibova.