Temirdaraxt

Temirdaraxt (Argania sideroxylon) — yog’ochi qattiq va og’ir bir necha tur daraxtlarning umumiy nomi. Ko’pchiligi tropik va subtropik mamlakatlarda usadi. Parria persica turi Ozarbayjonda (tolish), shimoliy Erondagi daryolar yoqasida o’sib, aralash o’rmonlar hosil qiladi. Sekin o’sadi. Bo’yi 10 yilda atigi 2-5 metrga etadi. 200 yil yashaydi. Yog’ochi pishiq, og’ir, qizg’ish; undan mashina va uskunalarning detallari ishlanadi. Bargida 5— 7% oshlovchi moddalar bor.