Temirtov
Temirtov — Qozog’iston Respublikasi Qarag’anda viloyatidagi shahar (1945 yilgacha — Samarqand posyolkasi). Samarkand (Nura) suv ombori bo’yida. Temir yo’l stantsiyasi. Aholisi 161 ming kishi (2003). Temirtovda Qarag’anda metallurgiya kombinati va issiqlik elektr markazi bor. Metall quyishmexanika, sintetik kauchuk zdlari, «Karbid» ishlab chiqarish. birlashmasi, oziq-ovqat korxonalari, Qarag’anda metallurgiya kombinati huzurida oliy texnika o’quv yurti, kimyo-mexanika va qurilish texnikumlari, musiqa va tibbiyot bilim yurtlari, teatr faoliyat ko’rsatadi.