Teraylar
Teraylar — Himolay tog`lari etagidagi geobotanik zona, botqoq bosgan chakalakzorlar. Chirmovuq o`simliklar chirmashib ketgan qalin o`rmonlarda sal, g`arov, sovun daraxt, mimoza, magnoliya o`sadi. Iqlimi yashash uchun juda og`ir — sernam, dim, issiq. Hozirgi vaqtda ancha qismida botqoqliklar quritilib, qishloq xo`jaligi yerlariga aylantirilgan.