Teshiktosh g’ori

Teshiktosh g’ori — muste madaniyatiga mansub neandertallartshg makoni. Surxondaryo viloyati Boysun tumanidagi Turgandaryoning Zovtalashgansoy darasida, dengiz sathidan 1500 m bal.da joylashgan. G’orning shipi teshik, nomi ham shundan, kirish qismi shim.Sharq tomonga qaragan bo’lib bal. 7 m, eni 20 m, uz. 21 m. Uning umumiy mayd. 300 kv m bo’lib, shundan 100 kv. m joy i neandertallar yashaganligidan guvoxlik beruvchi arxeologik materiallarga ega. T.G’. yashash uchun qulayligi tufayli g’orni vaqtvaqti bilan suv bosib turishiga qaramasdan neandertal odamlar uni butunlay tark etmaganlar. G’orni birinchi marta 1938— 39 y.larda A. P. Okladnikov o’rgangan. T.G’. 5 ta madaniy qatlamdan iborat bo’lib, bu manzilgoh bir necha marotaba tark etilganidan dalolat beradi. G’orning har bir qatlamida bittadan va ba’zilarida ikkitadan gulxan qoldiqlari saqlanib qolgan. Gulxanlar atrofida ko’plab tog’ echkisi, bug’u, sirtlon, ayiq, quyon va har xil qushlarning suyak qoldiqlari, 3000 ga yaqin tosh buyum, tosh uchirindisidan tayyorlangan uchburchak shakldagi 24 ta qurol, qirquvchi va tarashlovchi sifatida ishlatilgan 65 ta qirg’ich, paykonlar, tosh pichoqlar topilgan. Muste madaniyatiga oid bu xiddagi qurollarning ko’pchiligi qoramtir kremniyli ohaktosh yashma, kvarsit va b. vulqoniy tosh jinslardan yasalgan. T.G’. topilmalarining eng qimmatlisi 25 sm chukurlikdan topilgan Teshiktosh odamidmr.