Texnologik xarita

Texnologik xarita – ayrim turdagi qishloq xo’jaligi. mahsulotini etishtirish bilan bog’liq texnologik ishlar mavjui. Ishlab chiqarish. resurslariga bo’lgan ehtiyojlar, ulardan foydalanish va boshka i. ch. ko’rsatkichlari, shuningdek, belgilangan ishlab chiqarish. dasturini bajarish bo’yicha tashkiliyiqtisodiy tadbirlar aks etgan normativ reja hujjati. T.x. jadval shaklida bo’lib, unda ketma-ketlikda (odatda xronologik tartibda) barcha turdagi ishlar (qabul qilingan texnologiyaga muvofiq), asosiy agrotexnik tadbirlar, mashina, mexanizm va agregatlar tarkibi, urug’lik materiallar sarfi normalari, bajariladigan ishlar hajmi, baholari va b. ko’rsatiladi, shuningdek, mahsulot tannarxini hisoblashda qishloq xo’jaligi.da qabul qilingan uslubiyat bo’yicha xarajatlar turlari aks ettiriladi. T.x. asosida barcha mahsulotlar bo’yicha bevosita xarajat (sarf)lar, bo’linmalardagi doimiy va mavsumiy xodimlar soni, texnika, urug’lik, ozuqa va b. moddiy resurslarga bo’lgan ehtiyojlar aniqlanadi. T.x. yordamida bo’linmalar ishlab chiqarish. topshiriklari shakllantiriladi, zarur xarajatlar limiti hisobkitob qilinadi, mahsulotning reja tannarxi hisoblanadi, mahsulot birligiga narx belgilanadi, rejalashtirilgan ishlarni bajarilishi ustidan nazorat amalga oshiriladi. T. x. barcha ekin turlari, chorva turlari yoki turdosh ekinlar va chorva mollari guruxlari yoki ayrim ish turlari (o’tloq va yaylovlarni yaxshilash va b.) bo’yicha tuziladi. T.x.larni xo’jalik mutaxassislari (iqtisodchitashkilotchilar, agronomlar, zootexniklar, muhandismexaniklar va b.) xo’jalikdagi konkret sharoitlarni xisobga olgan holda namunaviy shakllar asosida ishlab chiqadilar. T.x.lar operativ (muayyan mavsum uchun), yillik (bir yil uchun) va istiqbol (eng ilg’or progressiv texnologiya va mashinalar sistemasini o’zlashtirish, mehnatni tashkil etish va unga haq to’lashda yangi usullarni joriy qilish va b. nazarda tutiladi) turlarga bo’linadi. Fantexnika taraqqiyotining ilg’or yutuklarini qo’llashni e’tiborga olib tuzilgan T. x.lardan texnika, texnologiyadagi yangiliklarni, o’zgarishlarni kiritish bilan bir necha yil foydalanish mumkin (yana q. Biznes reja). Sultan Xolnazarov.