Teytem (Tatum) Eduard Lori

Teytem (Tatum) Eduard Lori (1909.14.12, Boulder, Kolorado shtata, AQSh — 1975.5.11) — amerikalik biokimyogar va genetik. AQSh Milliy Fanlar Akademiyasi a’zosi (1952). Chikago va Viskonsin untyni tugatgan (1931), biokimyo doktori (1934). Viskonsin, Uretrixt (Niderlandiya), Stanford (1937-45, 1948-56) va Yelsk (1945-48) untlarida ishlagan (1946 yildan professor). 1957 yildan Nyu-Yorkdagi Rokfeller tibbiyot institutida professor. Ilmiy ishlari mikroorganizmlar genetikasiga oid. Bakteriyalarda genetik rekombinatsiya hodisasini kashf etgan (1947). Molekulyar genetikada «bitta gen — bitta ferment» degan fundamental kontsepsiya mualliflaridan biri. Nobel mukofoti laureati (1958, J.U.Bidl va J.Lederberg bilan hamkorlikda).