Tirnoq, changal
Tirnoq, changal — barmoqlarni himoya qiluvchi shoxeimon tuzilma. Odam, maymun va chala maymunlar barmoqlari uchida hosil bo’ladi. T. barmoq bolishi ustidan chiqqan erkin qism, tana va iddizdan iborat. T. o’rnining ildiz va chuqurcha bilan qoplangan qismi matrisa deyiladi, shu matrisa hujayralarining ko’payishi tufayli T. uchiga qarab astasekin o’sib boradi. T. bir kechakunduzda o’rta hisobda 0,1—0,2 mm usadi; taxm. 100 kunda to’liq yangilanadi. T. o’sishi kishining yoshi, jinsi, organizmning umumiy holati va b. omillarga bog’liq, mas., bolalar tirnog’i kattalarnikiga nisbatan tezrok, yoki qishda yozdagidan sekinroq o’sadi. T. uz. 10-15 mm, eni 10-17 mm, qalinligi 0,30—0,37 mm, ayollarda kichikroq va yupqaroq bo’ladi. Sog’lom kishining tirnog’i bir oz bo’rtib chiqqan, silliq, tiniq va rangeizdir. Suvda va quruqlikda yashovchilar tirnog’i epidermis shoxeimon qavatining qalinlashuvidan hosil bo’ladi. Chin T. ko’pchilik sudralib yuruvchilarga, barcha qushlarga va talaygina sut emizuvchilarga xos. T. harakatlanishda yordam beradi, shuningdek, himoya va hujum organidir. Ayrim sut emizuvchilar (mas., otlar)da ko’rinishi o’zgargan T. — tuyoq bor. T. kasalliklariga kislota, ishqor ta’siri, shikastlanish, infektsiya (bakteriya, zamburutlar) va b. sabab bo’ladi. Onixiya va T.ni o’rab turgan to’qimaning yallig’lanishi — paronixiya ko’proquchraydi. Paronixiya T. atrofida paydo bo’lgan «sochiq»lar, moddalar almashinuvi kasalliklari, mas., qandli diabet, shikastlanishlar okibatida kelib chiqadi. Turli kasalliklarda T.ning rangi o’zgarib, mo’rt, uvalanuvchan bo’lib qoladi. Trixofitiya, mikrosporiya, epidermofitiya, kandidoz, kal zamburug’lari T. ning zamburug’kasalliklarini vujudga keltirishi mumkin. Surunkali infektsion kasalliklar — sil, moxov; teri kasalliklari — psoriaz, ekzema, nafas yo’li (bronxoektaziya), yuraktomir, ichki sekresiya va nerv sistemasi kasalliklarida ham T. da o’zgarishlar kuzatiladi. Poyabzal tor bo’lib, oyoq barmoklarini qisishi, T.larning zarbdan shikastlanishi oqibatida T. ichga usadi, bunda T. bolishi yallig’lanadi. T.da o’zgarishlar ro’y berganda mutaxassis vrachga uchrashish lozim.