Tish toshi

Tish toshi — tishlar sirtidagi sarg’ish yoki kulrang (kashandalarda jigarrang, hatto qoramtir) qatlam. Milk ustida va milk ostida, tish buynida hosil bo’lib, tish koronkasi ildizini, ayniqsa, tish ovqat chaynashda ishtirok etmasa (tish kovak bulsa) hamda tish to’g’ri parvarish qilinmasa, tishning butun yuzasini qoplab olishi mumkin. T.t. tusatdan paydo bo’lmaydi. Dastlab tishda oqimtir karashlar kuzga tashlanadi, ular kuchgan epiteliy, ovqat qoldiklari, bakteriya va shilliq moddalardan tashkil topadi, tishni tugri tozalab yuvganda yoki kattiqroq ovqat chaynaganda osonlik bilan ko’chib tushishi mumkin. T.t. tishning ichki yuzasini qoplab emal qismiga singib ketadi, uni ko’chirish ancha qiyin. Ba’zan bolalar va o’smirlar tishi bo’ynida kukimtir qatlam (hoshiya) paydo bo’ladi. U tish emaliga birikib ketganligi uchun kuchirib olish juda qiyin, bunga, asosan, tish emaliga mikroorganizmlar kirishi sabab buladi. Tishdagi yumshoq karashlar uz vaqtida davolanmasa, unga ohak tuzlari o’tirib, T.t. ga aylanadi. T.t. astasekin milkni ezib qo’yadi; bunda milk qonaydi, qichishadi, og’izdan qo’lansa hid keladi, yiring ajralib, milk shilliq pardasining yallig’lanishi (gingivit)ga, shuningdek, parodontozga sabab bo’lishi mumkin. T. t. tish to’qimalariga zararli ta’sir etmaydi. Uni faqat vrach olib tashlaydi (maxsus asbob yoki ultratovush apparati yordamida). T. t. paydo bo’lishining oldini olish uchun ovqatni normal chaynash (hamma tishlar bilan), suvi qochgan non, suxari, sabzi, olma eb turish, kasal tishlarni davolatish; yo’q tishlar o’rnini tuldirish (yasama tishlar bilan), yalliglangan milkni davolatish lozim. Ovqatdan so’ng og’izni chayqash, vaqtvaqti bilan stomatolog vrach ko’rigidan o’tib turish lozim.