Tog’ jumrut

Tog’ jumrut (Rhamnus) chilonjiydadoshlar oilasiga mansub barg to’kuvchi, doim yashil daraxtlar yoki butalar turkumi. Evrosiyo, Afrika, Shim. Amerikada o’sadigan 150 ga yaqin turi bor. O’rta Osiyo, Kavkaz, Jan. Sibir, Uzoq Sharqda daryolar, ko’llar qirg’oqlarida, jarliklarda, tog’yon bag’irlarida, tog’ o’rmon mintaqalarida 19 turi o’sadi. Novdalari tikanli. Barglari oddiy, yumaloq yoki cho’ziq. Gullari ikki jinsli. May—iyun oylarida gullab, iyul— avg.da meva tugadi. Mevasi shirali, danakli, sersuv, qora, eti yashil yoki binafsha rang. Yog’ochi sarg’imtirqizg’ish, qattiq, tig’iz, og’ir. T.ning tikanli (R. catharticus), Pallas (R. pallasii) va b. turlari ko’kalamzorlashtirishda, yashil devor uchun ekiladi. Po’stlog’i, bargi, mevasida bo’yoq moddalari bor. Imertin T.i. (R. imertinus) mevasi surgi dori sifatida qo’llaniladi. Urug’i va qalamchasidan ko’paytiriladi.