TO’G’ALOQ MULDA

TO’G’ALOQ MULDA (taxallusi; asl ism-sharifi Boyimbet Abdurahmonov) (1860.10.6 — hozirgi Qirg’izistonning Oqtol tumani — 1942.4.1) — qirg’iz shoiri, oqin. Qirg’iz folklori bilimdoni, «Manas» eposini aytuvchilardan. Madrasada o’qigan. 14 yoshida she’r yoza boshlagan. U «dehqon ayolining yig’isi», «temirchi ayoli yig’isi», «yosh erga berilgan qiz xasrati», «cholga erga berilgan qiz hasrati» kabi shikoyat qo’shiqlar, «hojining kirdikorlari», «salla o’ragan qo’y» kabi hajviy she’rlar, «turna va tulki», «Bulbul va eshak» kabi masallar yozgan. «Kemchontoy», «Bobirxonlar» (1900), «Qushlar hangomasi» (1908), «Ozodlik» (1919 — 23), «nasihat» (1925) kabi dostonlar, «ertaklar» (1939) to’plamini nashr ettirgan. «She’rlar va dostonlar» (1947), «tanlangan she’rlar» (1951), «er va uning bolalari» (1952) va 2 jildli «Tanlangan asarlar» (1954 -56) muallifi. Navoiy, Furqat, Muqimiy, Zavqiy ijodi To’g’aloq Mulda ijodiga katta ta’sir etgan. Ayrim asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan.