Tojiklar

Tojiklar — Markaziy Osiyodagi qdd. xalqlardan biri. Tojikiston Respublikasining asosiy aholisi (4 mln. 898 mingdan ortiq, 2001). O’zbekistonda (1 mln. 165 mingdan ortiq, 2000; asosan, Samarkand, Buxoro, Surxondaryo, Qashqadaryo, Farg’ona, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatlari va Toshkent sh.da), Afgonistonda (3 mln. 700 ming), Xitoyning sharqida, Eron Xurosonida, RFda, Qozog’istonda va Turkmanistonda, shuningdek, Pokistonda yashaydilar. T.ning umumiy soni 10 mln.dan ortiq. Asosiy qismi tojikdariy tilida so’zlashadi. Tog’li Badaxshon Muxtor viloyati hamda Yag’nob aholisining asosiy qismi Sharqiy Eron tillari guruhi oilasiga kiruvchi maxsus shevalarda so’zlashadi. T., asosan, Islom dinining sunniy mazhabiga, Badaxshon aholisining aksariyati esa shia mazhabining Ismoiliya oqimiga e’tiqod qiladi. T. ning etnik maydonda shakllanishiga Markaziy Osiyoda yashovchi bir qator etnik guruh va qabilalar, chunonchi sug’diylar, baqtriyaliklar, toxarlar, ko’chmanchi sak va skiflar katta ta’sir ko’rsatgan. Tojikiston T.i shim. va Jan. T.ga bo’linib, har 2 guruh geohududiy kelib chiqishiga qarab yana bir qancha guruhlarga bo’linadi. Chunonchi: xo’jandlik, ko’loblik, garmlik, pomirlik, darvozlik, romitlik, vaxonlik, g’ozimaliklik, yovonlik va G’.k. Pomirda yashovchi T., turfa dialektlarda so’zlashishlariga qaramasdan, ular qam o’zlarini T. ning ajralmas qismi sifatida e’tirof etadilar. T. ning xo’jalik mashg’uloti kadimdan, asosan, sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik va bog’dorchilik hisoblanib, chorvachilik ham muhim rol o’ynagan. Shuningdek, hunarmandchilik: yog’och o’ymakorligi va ganchkorlik, kashtachilik, cho’ptaroshlik (tovoq, cho’mich va qoshiqlar yasash) keng rivojlangan. Ad.: Bartold V.V., Tadjiki, t. 2,(1), M., 1963; Vamberi A., Ocherki o Sredney Azii. M., 1868; Shishov A., Tadjiki: Etnograficheskie i antropologicheskoe issledovanie, T., 1910. Nasriddin Mamanazarov.