Tokdoshlar

Tokdoshlar (Vitaceace) — ikki urug’pallali o’simliklar oilasi. Daraxtsimon, ilashuvchi lianalar. Barglari oddiy, panjasimon murakkab, navbatlashib joilashgan, yonbargchali. Novdasida poyaning o’zgarishidan hosil bo’lgan gajaklar bor. Tupgullari kichik, ro’vak. Gullari ikki jinsli yoki bir jinsli, mayda, ko’kimtir. Mevasi rezavor yoki juda quruq. Tokdoshlarga 12 turkum, 700 tur kiradi. Ko’pincha subtropik va tropik mamlakatlarda o’sadi. Muhim iqtisodiy ahamiyatga ega yirik turkumlaridan biri tok (uzum) hisoblanadi.