Tokio universiteti

Tokio universiteti — Yaponiyaning eng kad. va yirik oliy o’quv yurti. 1877 yil Soxeyko (1790 yil asos solingan, konfutsiychilikni o’rganish markazi), Kayseygo (1855, G’arb madaniyati), Igakuso (1863, G’arb tibbiyoti) o’quv yurtlarining birlashuvi natijasida Tokio milliy (imperator) unti sifatida tashkil etilgan. Huquq, iqtisodiyot, Filologiya, muhandislik-texnologiya, pedagogika, tabiiy fanlar, qishloq xo’jaligi., tibbiyot bo’yicha mutaxassislar tayyorlaydi. Kutubxonasi (1877 yil tashkil etilgan) da 4 milliondan ortiq asar bor. 20 mingdan ortiq talaba ta’lim oladi.