Tolstoy Lev Nikolaevich

Tolstoy Lev Nikolaevich [1828. 28.8(9.9), tula gubernyasi Yasnaya Polyana qishlog’i — 1910.7(20). 11, Lipesk viloyati, hoz. Lev Tolstoy bekati; Yasnaya Polyanada dafn etilgan] — rus yozuvchisi. Rossiyadagi kadimiy dvoryanlar sulolasidan, graf. Peterburg FA muxbir a’zosi (1873), faxriy akad. (1900). 1844-47 y.larda Qozon untining arabturk va huquqshunoslik ftlarida o’qigan. 1851— 53 y.larda Kavkazda bo’lib, janglarda ishtirok etgan. 1854 y. Dunay armiyasiga yuborilgan; iltimosiga ko’ra, qamaldagi Sevastopolga utkazilgan. Qrim urushida qatnashgan. T. 1855 y.da Peterburgga borib, N. A. Nekrasovnnng «Sovremennik» («zamondosh») jurnali va jurnal atrofidagi yozuvchilar (I. S. Turgenev, I. A. Goncharov, N. G. Cherno’shevskiy va b.) bilan hamkorlik qilgan. Bolalik kezlarida rus va Arab xalq ertaklari, A.S.Pushkin she’rlari, shuningdek, Yusuf haqidagi Injil rivoyati ta’sirida she’rlar yozgan. Birinchi yirik asari — «inson kamolotining to’rt davri» avtobiografik asari («bolalik», 1852; «O’smirlik», 1852-54; «Yoshlik», 1855- 57; «yigitlik», yozilmay qolgan). Urush lavhalari va askarlarning maishiy turmushi T.ning «Sevastopol hikoyalari» (1855) to’plamiga kirgan hikoya va ocherklarida o’z ifodasini topgan. 50-y.lar T. ruhiy hayot lavhalari va maishiy turmush tafsillarini tarixiy voqealarning keng manzarasi, qayotning axloqiyfalsafiy asoslari tasviri bilan uyg’unlashtirishga harakat qiladi. T. ijodida shakllana boshlagan bu ijodiy tamoyil «kazaklar» qissasi (1863)da, ayniqsa, yaqqol ko’rinadi. Bu asarda o’z in’ikosini topgan xalq hayoti mavzui va voqelikning epik tasviri T.ning 60-y. lar ijodida yanada teranlashadi. Rus va jahon adabiyoti xazinasidan mustahkam o’rin olgan «urush va tinchlik» (1863-69) epopeyasi T. ning 60-y. larda ijodiy kamolotga erishganidan shahodat beradi. Ayrim sovet adabiyotshunoslari garchand bu asarni T.ning o’z davri muammolaridan qochishi, deb baholagan bo’lsalarda, yozuvchi «urush va tinchlik» romani bilan o’z davrida ro’y bergan va o’zi shaxsan guvoh bo’lgan voqealarga faol munosabat bildirgan. Eng muhimi, u Napoleonning 1805-07 va 1812-14 y.lardagi harbiy yurishlari mavzuiga murojaat etib, ko’plab qahramonlar ishtirok etgan epic voqealar bilan birga qahramonlarning ruhiy tasvirlari ilk bor katta mahorat bilan uyg’unlashgan tarixiy roman janrini yaratdi. Holbuki, 19-a. o’rtalarida epik asarlar davri utdi, degan fikrlar keng tarqalgan, 60-y.larda rus jamiyatida kuch ola boshlagan sinfiy ziddiyat va kurashlar esa «urush va tinchlik»dek epopeyaning maydonga kelishi uchun unumli zamin bo’la olmas edi. 1812 y.da Rossiyaning Napoleon qo’shinlari tomonidan bosib olinishi mumkinligi bir-biri bilan kelisha olmagan turli tabaka va sinflarni dushmanga karshi kurash shiori ostida birlashtirdiki, T.ning rus xalqi ongidagi ana shu uyg’onishga murojaat etishi «urush va tinchlik» romanining yuzaga kelishi uchun hayotbaxsh zamin vazifasini o’tadi. T. ning 70-y.lar ijodida «Anna Karenina» romani aloxdda mavqega ega. «Urush va tinchlik»dan bu romanni yozguniga qadar bo’lgan davrda T.ning rus jamiyatidagi ijtimoiy tenglik va adolat to’g’risidagi orzu umidlari ro’yobga chiqmadi. 60-y.lardagi islohot yozuvchi kutgan natijani bermadi. Mazkur romanda T.ning jamiyat hayotida kechayotgan noxush jarayonlar haqidagi iztirobli o’ylari aks etdi. Romanda Kareninlar, Oblonskiylar va Levinlardan iborat 3 oilaning bir-biri bilan chatishgan, ammo mustaqil syujet chizig’iga ega bo’lgan tarixi tasvir etilgan. T., aksar rus yozuvchilaridek, nasroniy diniga katta e’tiqod qo’ygan, hayotda ro’y berayotgan voqealarga va kishilarning xattiharakatlariga ham shu din nuqtai nazaridan yondashgan. Uning diniy qarashlari jamiyat va shu jamiyatda yashovchi kishilarga, binobarin, u yoki bu qahramoniga bo’lgan munosabatiga, shakshubhasiz, ta’sir o’tkazgan. T.ning oila masalasiga, chunonchi, Kareninlar oilasida sodir bo’layotgan voqealarga yondashuvida ham diniy qarashlari seziladi. U jamiyat a’zolarida qanday chirkin xislatlar mavjud bo’lmasin, kishilar diniy qonunqoidalar doirasida harakat qilishlari lozim, aks holda jamiyat halokat sari boradi, degan fikrdan kelib chiqib, qaxramonlar obrazini yaratadi. 70-y.larda ruhiy iztirob iqdimida yashagan T. o’z hayot yo’lini qayta nazardan o’tkazdi va shu jarayonda ijtimoiy kelib chiqishi, tarbiyasi va hayot yo’li bilan bog’liq jamiyat qatlamining ma’naviy asoslari yolg’onga asoslangan, degan xulosaga keldi. Uning bunday qarashlari «Iqrornoma» (1880) va «e’tiqodim nimada?»(1884) asarlarida o’z ifodasini topdi. T.ning shu davrda yozgan asarlari orasida «Ivan Ilichning ulimi» (1886), «Kreytser sonatasi» (1889) qissalari, ayniqea, e’tiborga loyiq. T. 80-y.larda dramaturgiya janrlarida ham ijod qilib, «zulmat hokimiyati» (1886) dramasi va «ma’rifat mevalari» (1890) komediyasini yozadi. Bu asarlarda qishloq axlidagi jaholat, shahar madaniyatining qishloqqa ko’rsatayotgan salbiy ta’siri katta badiiy kuch bilan tasvirlangan. T. dunyoqarashida tobora kuchayib borayotgan ziddiyatlar uning so’nggi yirik asarlaridan biri — «tirilish» romani (1889-99)da o’z aksini topdi. Xdyotda bo’lib o’tgan oddiy voqea — bir sud jarayoni asosida yaratilgan bu asarda T. ijtimoiy adolatsizlikka asoslangan jamiyatning ichki, ma’naviy asoslarini ochib tashlaydi. Mazkur asardagi kishilar taqdiri bilan voqealarning o’zaro chambarchas bog’likligi masalasi «Hojimurod» (1896— 1904) qissasining ham asosini tashkil etgan. T. dindor yozuvchi sifatida kishilar ruhiyatidagi ziddiyatlarni tasvir etibgina qolmay, o’zi ham jamiyat va kishilar hayotidagi bunday ziddiyat va mayllardan jarohatlanib yashagan. Yozuvchidagi murakkab ruhiy holat uning so’nggi asarlari («tirik murda», 1890; «baldan so’ng», 1903 va b.) da ham aks etgan. T. hayotining Yasnaya Polyanadagi so’nggi kunlari ruhiy iztiroblar po’rtanasida kechdi. U yaqin kishilari to’qigan ig’vo va fasod to’ridan qochib, 1910 y. Yasnaya Polyanadan bosh olib chiqib ketadi va yo’lda shamollab, vafot etadi. O’zbekistonda T. ijodiga qiziqish u hayot paytlardayoq boshlangan. Uning «Odamlar nima bilan tirik?», «Xudo haqiqatni kursa ham tezda ayta olmaydi» makrlalari 1887-1902 y.larda «Turkiston viloyatining gazeti»da o’zbek tilida nashr etilgan. T. haqidagi «Rossiya mamlakatining mashhur yozuvchisi» degan maqola esa 1889 y. shu gaz.da tanikli ma’rifatparvar Sattorxon Abdug’afforov tarjimasida bosilgan. T.ning bolalar uchun yozgan qator hikoyalari Saidrasul Aziziy («Ustodi avval», 1902), Aliasqar Kalinin («muallimi soniy», 1903), Abdulla Avloniy («birinchi muallim», 1909; «ikkinchi muallim», 1912) singari jadid ma’rifatparvarlarining o’quv qo’llanmalari va darsliklarida e’lon qilingan hamda usuli savtiya maktablarida o’qitilgan. T. nafakat buyuk yozuvchi, balki adolatparvar va xalqparvar inson sifatida ham o’zbek jadidlarining e’tiborini uziga jalb etgan. Birinchi o’zbek advokati Ubaydulla Xo’jaev 1909 y.da T.ga uning yomonlikka yomonlik bilan javob bermaslik haqidagi ta’limoti yuzasidan xat yozib, o’sha yilning 5 iyunida undan javob olgan. Islom dinining tanikli arboblaridan biri Abduvohid Qoriev esa 1910 y. Yasnaya Polyanaga maxsus borib, T. bilan bir necha marta muloqotda bo’lgan. Ammo o’zbek xalqining T. ijodi bilan yaqindan tanishishi 20-a.ning 30-y.laridan boshlangan va uning barcha asosiy asarlari o’zbek tiliga tarjima qilingan. As: Sobr. soch., t. 1-22, M., 1978— 86; asarlar, 1—5J.lar, T., 1978-80; Iqrornoma, T., 1998. Ad:Karimov E.A., Chelovek v izobrajenii Tolstogo, M., 1967; Xrapchenko M.B., Tolstoy kak xudojnik, 3izd., M., 1971; L om u Nov K., Jizn Tolstogo, M., 1981. Naim Karimov.