Topinambur, ernok
Topinambur, ernok (Helianthus tuberosus L.) — murakkabguldoshlarga mansub ko’p yillik o’simlik, tuganak mevali emxashak ekini. Vatani — Shim. Amerika. Evropaga 17-a. boshlarida keltirilgan. Rossiyada 18-a.da tarqalgan. O’zbekistonda silosbop ekin sifatida ekiladi. Poyasining ko’rinishi kungaboqarnp eslatadi. Er osti poyalarida 20-70 ta noksimon (ernok nomi shundan), cho’zinchoq, urchuqsimon va sirti silliq yoki burushikdi tuganak hosil bo’ladi. Ildizi popuksimon, tuproqqa 2-3 m kirib boradi. Bo’yi 1,2—2,5, ba’zan 4 m gacha. Barglari bandli, tuxumsimon, gullari savatchato’pgulga yig’ilgan. Mevasi pista, 1000 dona pistasi vazni 7-8 g. T. ning er usti poyasi -6°, er osti poyasidagi tuganaklar -20° ga chidaydi. Sho’rlanmagan tuproqlarda o’sadi, oziqaga talabchan. O’suv davri 120-200 kun. T. ayni paytda texnik va oziq-ovqat o’simligi hisoblanadi. Tuganagi oziqovqatga ham ishlatiladi. Tarkibida 2,3% oqsil, 0,2% moy, 17,9% azotsiz moddalar, 1,3% kul va b., shuningdek, 16-18% inulin [undan qand (fruktoza), spirt ishlab chiqariladi], V,, S vitaminlar, 100 kg palagida 22,5 ozuqa birligi va 1,8 kg g’azm bo’luvchi protein bor. T.dan tibbiyotda har xil doridarmonlar tayyorlanadi. T. etishtirish uchun 25-50 g li tuganaklari ekiladi (yiriklari faqat bahorda kesib ekilishi mumkin). Ekish sxemasi: 70×70, 60×60, chuq. 10-15 sm. Poyasi yoz o’rtasida o’riladi, kuzda tuganagi kavlab olinadi. Ko’kati o’rilmasa tuganak hosildorligi yuqori bo’ladi. Hosildorligi: ko’k massa bo’yicha 350 — 500 ts/ga, tuganagi bo’yicha 200-250 ts/ga. Tuganagi er ostida yaxshi sakdanadi, shu sababli uni zaruratga qarab kavlab olinadi. Kasalliklari: ildiz chirish, nekroz. Zararkunandalari: tunlamalar, uzuntumshuq, simqurt. Halima Otaboeva.