Topishmoq, topmacha, jumboq, matal

Topishmoq, topmacha, jumboq, matal — xalq og’zaki poetik ijodining eng qad. va ommaviy janri. Jahondagi barcha xalqlar folklorida uchraydi. T. larda xalq hayoti, turmush darajasi madaniyati, urfodatlari ma’lum darajada o’z ifodasini topadi. T.da echilishi mumkin bo’lgan so’roq majoziy shaklda ifodalanib, uning ma’nosi yashirincha bo’ladi. T.da narsa yoki hodisa boshqa narsa yoki hodisaga o’xshatish, o’zaro qiyoslash, taqqoslash orqali gavdalantiriladi. T.lar ba’zan nasriy, ko’pincha she’riy shaklda, kompozision va ritmik jihatdan ixcham, sodda va ohangdor bo’ladi. Mac, «bir parcha patir, olamga tatir» (oy); «oppoq dasturxon er yuzini qoplagan (qor); «past osmondan qor yog’ar» (elak). Ayrim T.lar maqol xususiyatiga ham ega bo’ladi. Mac, «Hammaga to’n tikaman, o’zim yalang’och» (igna). T.da metafora, o’xshatish, mubolag’a, sifatlash, takror kabi ifoda vositalari keng foydalaniladi. Mac, «o’zi bir qarich, soqoli qirq qarich» (igna), «er tagida oltin qoziq» (sabzi), «zilzil gilam, zil gilam, zildan ham og’ir gilam» (er) kabi. T. aytish, asosan, bolalarning so’z boyligini oshirish, hayot va uning hodisalari haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini, idroki va mulohaza qobiliyatini kengaytirishda tarbiya vositasi hisoblanadi. T.dan Doston va ertaklarda keng foydalaniladi. «Oshiq Oydin», «Oshiq Alvand», «Xirmon Dali», «yozi bilan Zebo», «Alpomish» va b. dostonlarda, «podsho bilan donishmand chol» ertagida T. namunalari bor. T. bilan bog’liq masalalar folklorshunoslikda tadqiq etiladi. Ad.: Husainova 3., O’zbek topishmoqlari, T., 1966.