TO’QTAG’UL GES
TO’QTAG’UL GES — Norin daryosi (Qirg’iziston Respublikasi)da qurilgan elektr stantsiya. Irrigatsiya energetika maqsadlarida, murakkab topografik va seysmik sharoitlarda barpo etilgan. To’g’onining balandligi 216 metr. Norin daryosi oqimini ko’p yillik tartibga soladigan To’qtag’ul suv omboridan chiqariladigan suv oqimida ishlaydi. Styada umumiy quvvati 1200 MVt (quvvati 300 MVt bo’lgan 4 gidroagregat o’rnatilgan). Bir yilda o’rtacha 5 milliard kVtsoat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Gidroagregatlar 2 qavat qilib o’rnatilgan va stya binosi tor darada joylashtirilgan. O’rta Osiyo Birlashgan energetika tizimiga ulangan.