Torburun maymunlar, eski dunyo maymunlari

Torburun maymunlar, eski dunyo maymunlari (Catarhina) — odamsimon primatlar guruhi. Qazilma qoldiqlari neogen davri — to’rtlamchi davrning 2yarmidan boshlab Sharqiy yarim sharda ma’lum. 4 oila: martishkasimonlar, gibbonsimonlar, pongidlar va gominidlarga bo’linadi. 100 ga yaqin turi bor. T.m. (yo’g’on gavdalilardan tashqari) burun bo’shlig’i to’sig’i tor, burun teshiklari o’zaro yaqinlashgan va pastga qaragan. Jun qoplami va tanasining ayrim kiemlari ba’zan rangli. Bosh miyasi yaxshi rivojlangan. Daraxtda va erda yashaydi. O’simlikxo’r yoki hammaxo’r. Oila yoki tuda bo’lib hayot kechiradi. Ko’pchilik turlari tutqunlikka tez ko’nikadi.