Toriy rudalari

Toriy rudalari – tarkibidagi Th sanoatda foydalanish uchun texnik tomondan qulay va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq birikma va kontsentrasiyalarda bo’lgan tabiiy mineral hosilalarning shartli nomi. Th ning xususiy konlari noma’lum: odatda, polimetall rudalar majmuidan Nb, ta, Zr, U, kamyob er elementlari va boshqalar bilan birgalikda yo’lyo’lakay qazib olinadi. Bunday rudalarda Th ning miqdori 0,01 dan 0,1% gacha bo’ladi. Ularning barchasi ishqorli magmatik jinslar bilan aloqador. Asosiy minerallari: monasit (ThO2 28% gacha), torit (ThO2 77% gacha), torianit [(Th,U)O2 45-93%]. Toriyli konlarning genetik tiplari orasida endogen va ekzogen konlar farq qilinadi. Endogen konlar guruhida pegmatit (Bankroft — Kanada), karbonatit (Mauntinpass—Kaliforniya), gidrotermal (Stinkampskraal — JAR), albitit, skarn va magmatik konlar ma’lum. Ekzogen konlar turly (ellyuvial, allyuvial, zamonaviy va ko’milgan dengizqirg’oq — bo’yi) monasitli sochmalardan tashkil topgan. Ular toriyning asosiy manbasi hisoblanadi. Yirik dengizqirg’oqbo’yi sochmalar Hindistonda va Braziliyada ma’lum.