Torklar, uzlar, g’uzlar
Torklar, uzlar, g’uzlar — Markaziy osiyolik o’g’uzlar qabila uyushmasidan ajrab chiqib, Volgabo’yi va Jan. Rus dashtlariga borib joylashgan ko’chmanchi turkiy qabila. Rus yilnomalarida torki (turklar) deb yuritilgan ushbu kabila nomi Vizantiya manbalarida uz shaklida uchraydi. Shuningdek, rus yilnomalarida T. «chernie klobuki» («qora qalpoklilar») tarzida ham tilga olinadi. T. 860-870 y.larda Volgabo’yijan. Rus dashtlarida hukmron bo’lgan turkiy pecheneg (bijanaq)larni engib ularning o’rnini egallaydi va Kiev Rusi davlatiga katta tahlika tug’diradi. 9-a. oxirlarida ular don daryosidan Dneprgacha cho’zilgan qora dengiz bo’yidagi keng dashtlarni egallaydi. Ba’zan Tork xonlari Kiev Rusi bilan ittifoqchilikda qo’shni qabilalarga qarshi harbiy yurishlarda qatnashgan. Jumladan, Knyaz Vladimir bilan birgalikda 985 y. Volga bulg’orlariga qarshi jangda ishtirok etganliklari rus yilnomalarida qayd etiladi. 1036 y.da pecheneglarning engilib, Jan. Rossiya dashtlaridan chekinishlarida T.ning xizmati katta bo’ladi. 1048 y.dan boshlab esa T.ning bir qismi Kiev Rusining ittifoqchisi sifatida Kiev atroflariga ko’chgan. Biroq, rus knyazlari birlashib, T.ni bu erdan siqib chiqarishga muvaffaq bo’ladi. 1060 y. to’satdan uyushtirilgan hujum natijasida mag’lubiyatga uchragan T. g’arbga chekinadi. Ba’zi Vizantiya tarixchilari ularning 600 ming kishi bo’lganligini qayd etadi. T. 1065 y.da Vizantiya va Dunay bulgorlari qarshiligini sindirib, Dunay daryosini kechib o’tadi va Bolqondagi Trakiya va Makedoniyani talontoroj qilib, Saloniki va Peloponnesgacha etib boradi. Lekin, o’sha paytda yuz bergan qattiq sovuqdan qirilgan. T. ustigaustak pecheneglarning hujumlari natijasida katta yo’qotishga uchraydi. Bir qism T. 1068 y. Vengriyaga qarshi harakat qiladilar. Ortiq siyosiy kuch sifatida ahamiyatini yo’qotgan T. ning bir qismi Vizantiya qo’shiniga olinadi. Ular qisman Bolqonda turli joylarga tarqaladilar, bir qismi esa Jan. Rusga qaytib, Kiev atrofida joylashadi. Ular bu erda asrlar davomida slavyanlashib ketadi. Sharqiy Evropada Tork etnonimi bilan bog’liq ko’plab joy nomlari saqlanib qolgan. Jumladan, Torchev, Torchesk sh.lari, torki, Torchin, Torchiso’, Torkov, Torkin qishlokdari, Torch, Torcha irmoklari va shunga o’xshash boshqa joy nomlari Tork (turk) qabilasi bilan aloqadordir. T. ning bir qismi Markaziy Osiyoda qolib (ular bu erda uz deb yuritiladi), bu erdagi bir necha turkiy xalqlar shakllanishida ishtirok etadi. Jumladan, ular o’zbek xalqi etnik shakllanishida qatnashib, keyingi asrlargacha o’z etnik nomini sakdab qoladi. Xususan, uz etnonimi «92 o’zbek urug’i» ro’yxatidan joy olgan. Shuningdek, O’zbekistonning bir necha viloyatlarida (Qashqadaryo, Samarkand) uz urug’i vakillari yashaydigan qishloklar vujudga kelgan. G’aybulla Boboyorov.