Tosh tuzi, galit, osh tuzi

Tosh tuzi, galit, osh tuzi — 1) galit minerali, kimyoviy tarkibi NaCl (Na39,3%, Cl 60,7%). Kub singoniyada kristallanadi. Tabiatda turli kattalikdagi donador kristall agregatlar shaklida uchraydi. Sof holda rangeiz va tiniq, lekin ko’pincha gil, organik moddalar, temir oksidi va boshqalar bilan aralashmasi kulrang, jigarrang, kizil, pushti. Shishadek yaltiroq, qattikligi 2, zichligi 2,2 g/sm3. Suvda oson eriydi; 2) cho’kindi tog’j iney, asosan, (99 %) galitdan iborat. Suvda eriydigan boshqa tuzlar kabi, T.t.ning asosiy massasi arid zonalarining havzalarida ekzogen jarayonlar mobaynida hosil bo’ladi. T.t., ayniqsa, sho’r ko’llar tubida ko’p bo’ladi. T. t. cho’kindi tog’jinslari orasida katta qalinlikdagi qatlamlar ko’rinishida bo’lib, o’nlab km2 ga tarqaladi, boshqa jinslarda qatlamchalar, linzalar, uyachalar, xolxol donachalar hosil qiladi. T. t. qatlamlari barcha geologik davr yotqiziklarida uchraydi. Eng yirik yotkiziqlari kembriy, devon, Perm va neogen qatlamlarida joylashgan. Yirik konlari Belorussiya, Ukraina, Kaspiy bo’yi botig’i va unga tutashgan Boshqirdiston hamda OrenburgOkto’ba tuz havzalarida mavjud. T.t. O’zbekiston va unga tutashgan hududlarda keng tarqalgan bo’lib, Boybichekan, Oqbosh, Tubegatan, Xo’jaikon va Qo’rg’oshinkonda topilgan.