TOSHKENT MINERAL SUVI
TOSHKENT MINERAL SUVI — Toshkent atrofi artezian havzasiga mansub, maxsus xossa va komponentlarga ega bo’lgan mineral suv. Yuqori bo’r — senoman yarusidagi gravelit va qumtosh qatlamlarida joylashgan. Dastlab 1948 y. Eshonko’rgon strukturasi (Qozog’istonning Jan. Qozog’iston viloyati, Sariog’och sh.)da topilgan. Toshkent sh. atrofidagi senoman yarusida o’nlab burg’i quduti kovlangan. Bu quduqlardan suv bosim ostida chiqib, ular fontan rejimida 1,35 lg’sek.dan 10,6 lg’sek. debit bilan ishlagan. T.m.s. 1100 m dan 2345 m gacha bo’lgan gorizontda topilgan. Bu azotishqorli issiq suv bo’lib, 0,6—1,14 g/l minerallanishga ega. Suvning joylashish chuqurligiga qarab, trasi 36° dan 7 G gacha. Tarkibi gidrokarbonatnatriyli, sulfatgidrokarbonatnatriyli, ba’zan xloridsulfatgidrokarbonatnatriyli bo’lib, unda radon kontsentrasiyasi 4-9″ eman, ba’zi mikroelementlar (Si, Al, Fe, Ti, Mo, V) ham mavjud. Geliyargon meto — Di bilan aniqlanishicha, T.m.s.ning yoshi 60 mingdan 3,5 mln. yilgacha. T.m.s.da geliy 0,2—1,6, argon 0,5—1,7, SO2 1,2— 1,3 hajmli foizlarda erigan. Suv tarkibida (4,8—8,12) yu6 g/l uran, (1,49,9) YU12 g/l radiy; gazlardan 89,6% erigan azot, 12-18,6% kislorod, 0,5—8,9 karbonat angidrit bor. Suvning umumiy qattikligi 7,2— 8,2. Shifobaxsh omillari — yukrri traliligi, tarkibi kremniy kislota (30-40 mg/l)ga boyligidir. T.m.s. hoz. vaqtda tibbiy tiklash va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituto’ va bir qancha fizioterapevtik shifoxonalar: «Chinobod», «Turon», «Botanika», «Chatqol», va b.da foydalaniladi. Mineral suv tayanchharakat organlari, nerv sistemasi, ginekologik, ekzema, neyrodermit, oshqozonichak kasalliklarini davolashda qo’llanadi. Undan tashkari, 1952 y.dan «Toshkent mineral suvi» shifobaxsh ichimlik suvi sifatida iste’mol qilinadi. T.m.Sdan ko’plab foydalanish oqibatida burg’i quduklaridan suvning tabiiy bosim ostida chiqishi (1 lg’sek, yoki undan kam) keskin kamayib, pezometrik sathning muntazam ravishda pasayishi kuzatilmoqda. Shuning uchun, T.m.s. kat’iy nazorat ostida — balneologik maqsadlarda hamda idishlarga quyilib ichimlik suvi sifatida ishlatilishi lozim. Ad..Sultanxodjaev A. N., Stoynov T. F., Osnovnie tipi mestorojdeniy mineralnix VOD, T., 1974.